Sut va sut mahsulotlarini sifat va xavfsizlik


Academic Research in Educational Sciences



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/11
tarix20.09.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#145889
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
sut-va-sut-mahsulotlarini-sifat-va-xavfsizlik-ko-rsatkichlari-tahlili

Academic Research in Educational Sciences 
Volume 3 | Issue 11 | 2022 
ISSN: 2181-1385 
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 
 
 
 
 
 
607
 
November, 2022 
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal 
Qishloq xo`jalik hayvonlari suti qimmatli oziq – ovqat hisoblanadi. Chorva 
hayvonlari sutidan saryog`, pishloq, kazein, qatiq va boshqa maxsulotlar ishlab 
chiqariladi. Sigir, echki, tuya, suti ko`p iste`mol qilinadi. Hayvonlar sutining tarkibi 
ularning turi, yoshi, oziqlanishi va saqlanish sharoitiga, laktatsiya davriga, yil 
mavsumiga qarab o`zgarib turadi. 
Sut oqsillari asosan, kazein, albumin va globulindan iborat. Shirdon fermenti 
va kuchsiz kislotalar ta`sirida kazeinning ivish xususiyatida tvorog, pishloq, kazein 
ishlab chiqarishda foydalaniladi. Biologik xususiyatlariga ko`ra albuminli sut kazeinli 
sutga qaraganda foydaliroq hisoblanadi. Sut oqsilida hayotiy zarur barcha 
aminokislotalar, shu jumladan, almashtirib bo`lmaydigan aminokislotalarning to`liq 
majmui bor.
Ayniqsa, sutda lizin, metionin va triptofan maqbul nisbatlarda mavjud. 
Oltingugurtli aminokislotalar metioninva sistinga boy. Sut oqsillarini organizm 
yaxshi o`zlashtiradi. 
MATERIALLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Sovugan sutda yuzaga ko`tarilgan yog` donachalari qaymoqni hosil qiladi. Sut 
tarkibidagi laktoza – disaharid, sof oq kristalkukun, turli bijg`ish jarayonlariga asosan 
kirishadi. Sutda mineral moddalar organik va noorganik kislotalarning tuzlari 
shaklida mavjud. Sutdagi mineral moddalar mikroelementlar – kalsiy, fosfor, natriy, 
kaliy, oltingugurt, xlor, magniy va boshqa (100 gramm sutda aksariyat kalsiy – 115 – 
130 mg %, fosfor – 95 – 105 mg %), mikroelementlar – rux, mis, marganets
molibden, temir, kumush va boshqalar bor.
Sutda vitaminlarning ko`p turi uchraydi. Sut tarkibiga fermentlar (ulardan eng 
muhimlari – laktoza, peroksidaza, lipaza, amilaza, fosfataza, katalaza), garmonlar 
(oksitotsin, prolactin, tiroksin, follikulin, adrenalin, insulin va boshqalar), 
kasalliklarga qarshi immunitet paydo bo`lishiga yordam beruvchi immun tanachalar 
(antitoksinlar, agglyutininlar, opsoninlar va boshqalar), gazlar (SO
2
, O
2
, N2, NH3) 
kiradi. 
Sutli bijg`ishni keltirib chiqaradigon bakteriyalar sutning normal mikroflorasini 
hosil qiladi. Yangi sog`ilgan sut tarkibida antibakterial moddalar (lakteninlar )
bo`lgani uchun u bvakteritsid xususiyatga ega. Yangi sog`ilgan sut bakteriyaga 
chidamliligini 2 – 3 soat saqlaydi, shuning uchun sog`ilgandan keyin sutni darhol 10
o
dan past haroratgacha sovutiladi, 4 – 6
o
da sutni ikki sutka saqlash mumkin. 
Sut zavodlarda pasterlanadi va qaynatiladi. Pasterlangan sut 
qaymog`i olinmagan, yog`liligi standart normaga yetkazilgan, 
vitaminlashtirilgan bo`ladi. 



Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin