Pedagogik ta’lim klasteri: muammo va yechimlar
Pedagogical Education Cluster: Problems and Solutions
Кластер педагогического образования: проблемы и решения
Chirchik, Uzbekistan 1220 International Conference
Kelajak o‗qituvchisi siymosi o‗qituvchilar uchun kasbiy ideal vazifasini
o‗tashi bilan muhim hisoblanadi. Uni yaratishda jamiyat, ta‘lim, fan, pedagogika,
psixologiya va axborot texnologiyalari kabi bir necha sohalarning ilg‗or
yutuqlarini bir nuqtada jamlash, umumlashtirish lozim. Kasbiy va shaxsiy
mukammallik kelajak o‗qituvchisi siymosining asosiy shartidir.
O‗qituvchi kasbi borasida buyuk pedagog olimlar ko‗plab fikr-
mulohazalarni bayon qilishgan. YA.A.Komenskiy o‗qituvchining
asosiy maqsadi
haqida ―talabalar tomonidan o‗rnak bo‗lishga chorlovchi shaxsiy yuksak axloqi,
odamlarga muhabbati, bilimi, mehnatsevarlik va boshqa fazilatlarni namoyish qila
oladigan, insonparvarlik asosida tarbiyaviy ishlarni olib boradigan, o‗z kasbining
etuk mutaxassisi bo‗lish‖[1], - deb ta‘kidlagan. Olim ta‘kidlaganidek, shaxsiy
yuksak axloq, muhabbat, bilim,
mehnatsevarlik, o‗z kasbining etuk mutaxassisi
bo‗lish o‗qituvchidan o‗z ustida doimiy ishlashni taqozo qiladi.
Zamonaviy pedagogikada o‗rgatishdan ko‗ra o‗rganishga o‗rgatish ko‗proq
ahamiyat kasb etmoqda. Bu milliy pedagogikamizda mavjud o‗quvchilarga
insoniyat tomonidan shu paytga qadar egallangan mavjud bilimlarni o‗rgatishni
eng maqbul yo‗l sifatida ko‗rish bilan bog‗liq eski yondashuvga qarshi turadi. Eski
yondashuvga ko‗ra mavjud bilimlar o‗quvchi ong va tafakkuriga tayyor holda
singdiriladi. Bu jarayonda bilimlar adabiyotlarda tayyor holda mavjud bo‗ladi va
buni o‗zlashtirish o‗quvchilar uchun ham, o‗qituvchilar uchun ham qanoatlanarli
hisoblanadi. Ammo bu o‗quvchilarda masala va hodisalar mohiyatini anglashga
nisbatan ijodiy
yondashuvni nazarda tutmaydi, faqat mavjud bilimlarni yodlash,
ularni amaliyotga joriy etish bu turdagi pedagogikaning bosh maqsadi sifatida
qaraladi. Bunday yondashuvda o‗quvchining qanchalik ko‗p bilimni yodda
saqlaganiga qarab uning bilimi haqida xulosalar chiqariladi. Mavjud bilimlar yangi
bilimlarni kashf etish uchun poydevor sifatida xizmat qilmasa, bu jarayonda
zanjirli
reaksiya hodisasi kuzatilmasa, fan va ishlab chiqarishda kutilgandek
rivojlanish va taraqqiyot kuzatilmaydi. Buning uchun o‗quvchilar masalaning
mohiyatini anglashi, sabab va oqibatlarni tushunib etishi va xulosalar chiqarish
ko‗nikmasiga ega bo‗lishi lozim bo‗ladi. Kelajak o‗qituvchisi siymosida ushbu
nuqsonlarga qarshi fikrlarni shakllantirish zarur. Buning uchun kelajak o‗qituvchisi
konsepsiyasini ishlab chiqish talab etiladi. Konsepsiyada
uning maqsad va
vazifalari, kelajak o‗qituvchisi shaxsini tarbiyalash tizimi va uning asosiy
prinsiplari, usullari, kelajak o‗qiituvchisi shaxsining umumiy va xususiy kasbiy
kompetensiyalari, professiogrammasi o‗z aksini topmog‗i lozim.
Adabiy ta‘lim kelajak o‗qituvchisi konsepsiyasining
maqsadi pedagogik
ta‘limga ixtisoslashgan oliy ta‘lim muassasalarining o‗zbek tili va adabiyoti ta‘lim