4.6. Ushbu shartnoma boʼyicha qarzdorlikni undirish Bank tomonidan avtomatik ravishda
quyidagi ketma-ketlikdan amalga oshiriladi:
4.6.1. Muddati oʼtgan asosiy qarz boʼyicha foizlar;
4.6.2. Muddati oʼtgan foizlar;
4.6.3. Аsosiy qarzning muddati oʼtgan miqdori;
4.6.4. Kredit boʻyicha hisoblangan foizlar; 4.6.5. Kredit boʻyicha asosiy qarzning summasi. 4.7. Qarz oluvchi tomonidan onlayn
mikrokredit muddatidan oldin qaytarilgan taqdirda, Bank tomonidan to'lovlar quyidagi tartibda
amalga oshiriladi:
4.7.1. to'lov kunida hisoblangan foizlar qoldig'i;
4.7.2. asosiy summaning qolgan qismi.
4.8.Shu bilan birga, dastlabki jadval qayta hisoblab chiqiladi, bunda asosiy qarzning
muddatidan oldin to'langan qismi jadvalga muvofiq keyingi to'lovlarga nisbatan hisobga olinadi
va faqat hisoblangan foizlar asosiy qarzning qoldig'i kredit shartnomasining amal qilish muddati
tugagunga qadar annuitet usuli bo'yicha hisob-kitobga kiritilgan kungacha to'lanadi.
V. TOMONLАRNING MULKIY JАVOBGАRLIGI VА NIZOLАRNI XАL QILISH TАRTIBI 5.1. Bank ushbu shartnoma boʼyicha toʼlanmagan mablagʼlarni qaytarishni, barcha
hisoblangan foizlar va boshqa qoʼshimcha talablarni toʼlashni, shuningdek qarzdorning ish haqi,
boshqa pul mablagʼlari va uning boshqa likvidli mol-mulki orqali bankka yetkazilgan barcha
yoʼqotishlar va zararlarni qoplashni talab qilishga haqlidir.
5.2. Qarzdorning MBX (masofaviy bank xizmati) funksiyalari va onlayn mikrokredit
mablagʼlaridan foydalanish bilan bogʼliq barcha harakatlar uchun javobgarlik qarz oluvchi
tomonidan amalga oshiriladi.
5
5.3. Onlayn mikrokredit berish bo'yicha majburiyatlar bajarilmagan yoki o'z vaqtida
bajarilmagan taqdirda, Bank qarz oluvchiga qoidabuzarlik vaqtida O'zbekiston Respublikasi
hududida amalda bo'lgan bazaviy hisoblash miqdorining 10%i miqdorida bir martalik jarima
to'lashi shart.