3.1.4. Oʼz ixtiyori bilan, oʼz mablagʼlari hisobidan, qarz oluvchini ogohlantirmasdan
onlayn mikrokreditni toʼlamaslik xavfini sugʼurta qilish.
3.1.5. Bank ushbu Shartnomaning 2.4-bandda ko'rsatilgan Qarz oluvchining roziligi
asosida Bank va boshqa banklarda ochilgan barcha hisobvaraqlar va bank kartalaridan, shuningdek
Bankda ochilgan har qanday Depozit hisobvarag'idan quyidagi mablag'larni avtomatik ravishda
hisobdan chiqaradi:
3.1.5.1. To'lovlar jadvali bo'yicha qaytarilish kunida asosiy qarz miqdori va undagi foizlar;
3.1.5.2. Muddati o'tgan asosiy qarz uchun hisoblangan foizlar summasi, muddati o'tgan
foizlar summasi, muddati o'tgan asosiy qarzlar summasi. 3.1.6. Ushbu shartnoma shartlari va qarz oluvchi tomonidan ushbu shartnoma boʼyicha
majburiyatlarning bajarilishi toʼgʼrisida kredit byurosi va Kredit Аxboroti Davlat Reestriga
maʼlumot berish.
3.1.7. Qarz oluvchi tomonidan taqdim etilgan ma'lumotni tekshirish yoki qo'shimcha
identifikatsiyalash jarayonini (shaxsini tasdiqlash) amalga oshirish uchun UShda ko'rsatilgan
aloqa kanallari orqali Qarz oluvchi bilan bog'lanish.
3.2. Bank majburiyatlari: 3.2.1. Qarz oluvchiga Bank tomonidan tasdiqlangan miqdorda onlayn mikrokredit taqdim
etish;
3.2.2. toʼlovlardan xabardor qilish uchun Bosh shartlarda koʼrsatilgan aloqa kanallaridan
foydalanish.
3.3. Qarz oluvchining huquqlari: 3.3.1. Bosh shartlarda koʼrsatilgan aloqa kanallari orqali qarzlar va onlayn mikrokreditni
toʼlash shartlari toʼgʼrisida maʼlumot olish;
3.3.2. Istalgan onlayn mikrokredit qarzlarni muddatidan oldin to’liq yoki qisman, bank
tomonidan jarimalar undirmasdan to'lash.
3.3.3. Shartnoma tuzilgandan so'ng pul mablag'larini olishdan oldingi davrda bepul tarzda
mikrokredit olishdan rad etish.
3.4. Qarz oluvchining majburiyatlari: