b) ishlanadigan zagotovkani barabanga o‟rovchi stanlar (barabanli).
Birinchi guruh stanlaridan uzunligi 6-10 m li chiviqlar, turli profillar va trubalar olishda
foydalanilsa, ikkinchi guruh
stanlaridan simlar, ingichka trubalar olishda foydalaniladi.
Metallarpresslash va shtamplash
Havol idish (konteyner)ga kiritilgan zagotovkani matritsa teshigidan siqib chiqarish
jarayoni
presslash deb ataladi.
Zagotovkanining plastiklik darajasiga ko‟ra presslash soviqlayin
va qizdirilgan holda
olib boriladi. Masalan, qo‟rg‟oshin, qalay va uning qotishmalari soviqlayin presslansa,
alyuminiy, mis, nikel, magnit va uning qotishmalari, quyma po‟latlar qizdirib presslanadi.
Metallardan turli profilli buyumlar olish uchun zagotovka
zaruriy haroratgacha
q1izdirilib, qalin devorli silindr bo‟shlig‟iga kiritiladi. Konteynerdagi zagotovkani siqib,
matritsa ko‟zidan o‟tkazish puanson (shplinton) uchiga o‟rnatilgan press-shaybani
harakatlantirib bajariladi. Puanson esa o‟z navbatida pressning gidravlik
silindrining asosiy
porsheni (plunjeri) bilan bog‟langan.
Shu jarayonida gidravlik silindrga suv 150-200 atm. (14,7-19,6 MPa) bosimiga kiradi.
Pressning asosiy plunjeri diametri 200 mm va undan ham ortiq, press-shaybaning
diametri esa 60-500 mm bo‟lgani sababli metallga beriladigan solishtirma 10000 kg
sm
2
(981
MPa) ga teng.
Presslashda press-shayba konteyner bo‟ylab asta surilib, metalni matritsa ko‟zidan siqib
chiqaradi (32-rasm).
a) b)
32-rasm. Presslash sxemasi: a) to‟g‟ri
presslash; b) teskari presslash.
Press-shayba puansonni orqaga surish esa ikkita maxsus qaytarish silindri vositasiga
bajariladi.
Sanoatga presslashning to‟g‟ri va teskari usullaridan foydalaniladi. To‟g‟ri presslashda
metallning oqishi puason harakati yo‟nalishiga
mos keladi; teskari presslashda esa metallning
oqishi puanson harakati yo‟nalishiga teskari bo‟ladi.
Presslash deyarli doim gorizantal gidravlik presslarda, kamdan-kam holda vertikal
presslarda bajariladi.
Dostları ilə paylaş: