Dunyo xalqlari madaniyatidagi umumiylik va farqlar


Istiqlol va milliy madaniyat rivoji



Yüklə 498,59 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/8
tarix06.05.2023
ölçüsü498,59 Kb.
#108506
1   2   3   4   5   6   7   8
Falsafadan mustaqil ish

Istiqlol va milliy madaniyat rivoji. Milliy mustaqillik yillarida O`zbekistonda yashayotgan barcha xalqlar madaniyatini 
rivojlantirishga, ularning madaniy merosi va qadriyatlarini asrab-avaylashga aloxida e’tibor berila boshlandi. Bu jixatdan 
respublikamizda ozchilikni tashkil etadigan xalqlar milliy madaniy markazlarining tashkil etilishi katta ahamiyatga egadir. 1991 yilda 


bunday markazlarning soni untaga yetmagan bo`lsa, bugungi kunda ularning soni 100 ortib ketdi. 1992 yilda mazkur markazlar ishini 
muvofiqlashtirib turadigan tashkilot - Respublika baynalmilal madaniyat markazi to`zildi. 
O`zbekistondagi turli xalqlar va millatlarning umumiy G`oya va istiglol mafko`rasi atrofida birlashishi nixoyatda katta 
ahamiyat kasb etadi va O`zbekistonning jahon sivilizatsiyasi tomon rivojlanishida muxim omil bo`lib xizmat qiladi. Milliylik, 
umuminsoniylik G`oyalarini uyg`unlashtirish va yanada takomillashtirish muayyan xalqlarga tegishli madaniyatning o`ziga xosligini 
saglaydi. Vatanimiz madaniyatida umuminsoniy qadriyatlar ustuvor mavkeni egallaydi. Umuminsoniy G`oyalar va qadriyatlarning 
shakllanishi milliy madaniyatlarning rivojlanish xususiyatlari bilan bog`liqdir. 
Umuminsoniy qadriyatlar insonni e’zozlash, hayotni sevish, burch, sadokat, ajdodlarga hurmat, vatanparvarlik, adolat, 
ma’rifatparvarlik, tinchlik, totuvlik, do`stlik, hamkorlik singari fazilatlarni ifoda etadi. Тajriba shuni ko`rsatadiki, biron bir milliy 
madaniyatni ulug`lab, uni boshqa madaniyatdan ustun qo`yish va boshqa xalqlarga majburan targ`ib etish salbiy oqibatlarga olib 
kelishi mumkin. Ko`pmillatli mamlakatda milliy madaniyatlarni mensimaslik yoki ularni kamsitish ijtimoiy barqarorlik va milliy 
totuvlikka putur yetkazadi, turli ziddiyat va ixtiloflarning paydo bo`lishi uchun zamin yaratadi. Bu borada milliy G`oya va istiglol 
mafko`rasi asoslarini ishlab chiqishda etnik xususiyatlarni xisobga olish ularni respublika taraqqiyotining istiqbollari bilan 
uyg`unlashtirish imkonini yaratadi. 
Mavzuning tarbiyaviy ahamiyati. Madaniyat va sivilizatsiyaning asosiy tamoyillari, qonuniyat va xususiyatlarini bilish — ma’naviy 
kamolot manbaidir. Bu esa madaniyat va sivilizatsiyaning o`zaro bog`liqligi va o`ziga xos xususiyatlarini ilmiy-nazariy jixatdan chuqur idrok 
etish barkamol inson shaxsini shakllantirishda katta ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 498,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin