Dunyo xalqlari madaniyatidagi umumiylik va farqlar


Falsafa va madaniyatshunoslik



Yüklə 498,59 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/8
tarix06.05.2023
ölçüsü498,59 Kb.
#108506
1   2   3   4   5   6   7   8
Falsafadan mustaqil ish

Falsafa va madaniyatshunoslik. Madaniyatshunoslik falsafaning mustaqillik yillarida mamlakatimizda keng taraqqiy 
etayotgan falsafiy fan soxalaridan biridir. Sobik Ittifok davrida bu fan umuminsoniy ma’noda o`qitilmas edi. Aslida esa, jahon 
falsafasida madaniyat to`g`risidagi aloxida bir fanning vujudga kelgani madaniyatning inson va jamiyat hayotida naqadar muxim 
ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi. Falsafa madaniyatdagi rang-baranglikni e’tirof etadi, madaniyatning universal harakterga 
ega bo`lgan tarixiy namunalarini bir-biridan farqlaydi. 
O`zbekistonning sivilizatsiyaviy taraqqiyoti nixoyatda ko`p qirrali masaladir. Biz avvalrok ham bu to`g`rida qisman fikr 
yuritdik. Keyingi boblarda ham, ana shu to`g`rida, muayyan masalalarni tahlil etish asnosida, ba’zi fikrlarni bayon etishga harakat 
qilamiz. Bundagi eng asosiy tamoyil quyidagi haqiqatni e’tirof etish bilan bog`liqdir: Milliy davlatchilik asoslarini yaratmay va uning 
qudratiga tayanmay turib sivilizatsiya yo`lidan borib bo`lmaydi. Har bir xalq o`z tarixiy tajribalaridan kelib chiqib, milliy madaniyati 
va intelektual saloxiyatiga mos ravishda o`z milliy davlatchiligini yaratadi. Ijtimoiy, siyosiy va huquqiy madaniyat bunday 
sivilizatsiyaviy taraqqiyotning muxim omili xisoblanadi. 


Respublikamizning jahon sivilizatsiyasiga xos yo`ldan borishi umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi, milliy qadriyatlarga 
sodiklik, insonparvarlik va vatanparvarlikning uyg`unligi, xalqaro qonun-qoidalar va andozalarni hurmat qilish, ulardan hayotimizning 
barcha soxalarida keng foydalanishni takazo etmokda. Mustaqillik yillarida mamlakatning sivilizatsiyali taraqqiyot tamon borishi 
I. Karimov tomonidan asoslab berilgan O`zbekistonning o`z istiqloli va taraqqiyot yo`lining butun jahonda e’tirof etilayotganligida 
yaqqol ko`rinmokda. Bu ma’noda taraqqiyotning o`zbek modeli deb nom olgan rivojlanish tamoyili mamlakatimiz sivilizatsiyali 
taraqqiyotining asosiy jixatlarini o`zida ifodalaydi. 
Milliy mustaqillik yillarida madaniyatimizning bundan keyingi rivojlanish istiqbollari uchun puxta zamin yaratildi. Bu, avvalo 
kuydagilarda namoyon bo`ladi: 
- boy madaniy merosimizni har tomonlama chuqur o`rganish imkoniyatlarining yaratilganligida; 
- Qadrlar tayyorlash milliy dasto`rining ishlab chiqilganligi va sobitkadamlik bilan amalga oshirilayotganida; 
- milliy madaniyatlarning ravnak topishi va bir-birini boyitishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratilganida; 
- jahon madaniyati rivojiga o`lkan xissa qo`shgan ulug` ajdodlarimiz merosini keng targ`ib etishda; 
- mamlakatimizda ilm-fan va texnika saloxiyatini rivojlantirishga aloxida e’tibor berilayotganida; 
- inson intellektual saloxiyatining ortib borayotganida, yurtimiz obodonchiligi yo`lida ko`plab tadbirlarning amalga 
oshirilayotganida. 

Yüklə 498,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin