Turkiy til guruhlari
Qipchoq tillari guruhi
Qozoq, qoraqalpoq, qirg`iz, tatar, boshqird, xakas,
yoqut, chuvaysh
O`g`uz tillari guruhi
Ozarbayjon, turkman, usmonli turk tillari
Qorluq tillar guruhi
O`zbek va uyg`ur tillari
Ko‘rinib turibdiki, o‘zbek tili dunyo tillari tizimida turkiy tillarning
qorluq
guruhiga mansubdir.
Turkiy tillar oilasida
30 ga yaqin
til bor. Bu tilda so‘zlashuvchilar, asosan,
Osiyo,
shuningdek,
Yevropa, Amerika, Avstraliya
mintaqalarida istiqomat qilishadi.
Turkiy tillar oilasiga quyidagi tillar kiradi: o‘zbek, uyg‘ur, qirg‘iz, qozoq, qoraqalpoq, turk, ozarbayjon,
turkman, gagauz, qrim-tatar, qorachoy-bolqar, qo‘miq, no‘g‘ay, tatar, boshqird, oltoy, shor, xakas, tuva, yoqut,
chuvash va boshqalar.
Turkiy tillar
agglutinativ tillar
sanaladi. Bu tillarda har qanday grammatik ma’no alohida qo‘shimcha
yordamida
ifodalanadi.
Qo‘shimchalar
asosan
o‘zakdan
keyin
qo‘shiladi.
Masalan:
litsey + dosh + lar + im + ga.
TURSUNOV JAVOHIRBEK
Flektiv tillar
Agglutinativ tilllar
Bir grammatik shakl orqali bir nechta grammatik
ma’no anglatadi
Nechta grammatik ma’no bo‘lsa, ularni ifodalovchi
shuncha grammatik shakl qo‘llaniladi.
Grammatik shakllarning chegarasini bir-biridan
ajratib bo`lmaydi
Grammatik shakllarning chegarasi bir-biridan aniq
ajralib turadi
Grammatik ma’noning ko‘payishi bilan, so‘zning
grammatik shakllari chapdan o‘ngga qarab ham,
o`ngdan chapga ham cho‘zilib boradi.
Grammatik ma’noning ko‘payishi bilan, so‘zning
grammatik shakllari ham chapdan o‘ngga qarab
cho‘zilib boradi
Grammatik qo‘shimchalarning qo‘shilishi asos
qismning fonetik tuzilishini o‘zgartiradi
Grammatik qo‘shimchalarning qo‘shilishi asos
qismning fonetik tuzilishini o‘zgartirmaydi
Dostları ilə paylaş: |