Turkiy til guruhlari Qipchoq tillari guruhi Qozoq, qoraqalpoq, qirg`iz, tatar, boshqird, xakas, yoqut, chuvaysh O`g`uz tillari guruhi Ozarbayjon, turkman, usmonli turk tillari Qorluq tillar guruhi O`zbek va uyg`ur tillari Ko‘rinib turibdiki, o‘zbek tili dunyo tillari tizimida turkiy tillarning qorluq guruhiga mansubdir. Turkiy tillar oilasida
30 ga yaqin til bor. Bu tilda so‘zlashuvchilar, asosan,
Osiyo,
shuningdek,
Yevropa, Amerika, Avstraliya
mintaqalarida istiqomat qilishadi.
Turkiy tillar oilasiga quyidagi tillar kiradi: o‘zbek, uyg‘ur, qirg‘iz, qozoq, qoraqalpoq, turk, ozarbayjon,
turkman, gagauz, qrim-tatar, qorachoy-bolqar, qo‘miq, no‘g‘ay, tatar, boshqird, oltoy, shor, xakas, tuva, yoqut,
chuvash va boshqalar.
Turkiy tillar
agglutinativ tillar sanaladi. Bu tillarda har qanday grammatik ma’no alohida qo‘shimcha
yordamida
ifodalanadi.
Qo‘shimchalar
asosan
o‘zakdan
keyin
qo‘shiladi.
Masalan:
litsey + dosh + lar + im + ga.
TURSUNOV JAVOHIRBEK Flektiv tillar Agglutinativ tilllar Bir grammatik shakl orqali bir nechta grammatik ma’no anglatadi Nechta grammatik ma’no bo‘lsa, ularni ifodalovchi shuncha grammatik shakl qo‘llaniladi. Grammatik shakllarning chegarasini bir-biridan ajratib bo`lmaydi Grammatik shakllarning chegarasi bir-biridan aniq ajralib turadi Grammatik ma’noning ko‘payishi bilan, so‘zning grammatik shakllari chapdan o‘ngga qarab ham, o`ngdan chapga ham cho‘zilib boradi. Grammatik ma’noning ko‘payishi bilan, so‘zning grammatik shakllari ham chapdan o‘ngga qarab cho‘zilib boradi Grammatik qo‘shimchalarning qo‘shilishi asos qismning fonetik tuzilishini o‘zgartiradi Grammatik qo‘shimchalarning qo‘shilishi asos qismning fonetik tuzilishini o‘zgartirmaydi