TURSUNOV JAVOHIRBEK
10-modda. Korxonalar,
muassasalar, tashkilotlar va jamoat birlashmalarida ish yuritish, hisob-kitob,
statistika va moliya hujjatlari
davlat tilida yuritiladi, ishlovchilarning ko‘pchiligi o‘zbek tilini bilmaydigan
jamoalarda davlat tili bilan bir qatorda, boshqa tillarda ham amalga oshirilishi mumkin.
11-modda. Sudlov ishlarini yuritish davlat tilida yoki o‘sha joydagi ko‘pchilik aholi tilida olib boriladi.
Ishda
ishtirok etayotgan, sud ishlari yuritilayotgan tilni bilmaydigan shaxslarga tarjimon orqali ishga oid
materiallar bilan tanishish, sud jarayonida ishtirok etish huquqi hamda sudda ona tilida so‘zlash huquqi
ta’minlanadi.
Korxonalar, tashkilotlar va muassasalar o‘rtasidagi xo‘jalik nizolarini ko‘rib chiqish va hal qilishda davlat
tili qo‘llaniladi. Xo‘jalik nizolari taraflarning roziligi bilan boshqa tilda ham ko‘rib chiqilishi mumkin.
12-modda. O‘zbekiston Respublikasida notarial harakatlar davlat tilida amalga oshiriladi. Fuqarolarning
talabiga ko‘ra rasmiylashtirilgan hujjat matni davlat notariusi yoki notarial harakatni bajarayotgan shaxs
tomonidan rus tilida yoki imkoniyat bo‘lgan taqdirda — boshqa maqbul tilda beriladi.
13-modda. Fuqarolik holatini qayd etuvchi hujjatlar, shaxsning kim ekanligini
va uning huquqlarini
tasdiqlovchi hujjatlar davlat tilida rasmiylashtiriladi, zaruriyatga qarab boshqa tilda tarjimasi takrorlanishi
mumkin.
14-modda. O‘zbekiston Respublikasi hududida yashovchi shaxslarga
davlat tashkilotlari va
muassasalariga, jamoat birlashmalariga arizalar, takliflar, shikoyatlar bilan davlat
tilida va boshqa tillarda
murojaat qilish huquqi ta’minlanadi.
15-modda. O‘zbekiston Respublikasida yashovchi shaxslar, o‘z millatidan qat’i nazar, o‘z ismini,
otasining ismi va familiyasini milliy-tarixiy an’analarga muvofiq yozish huquqiga egadirlar.
Dostları ilə paylaş: