Tursunov javohirbek



Yüklə 1,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/32
tarix06.05.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#108568
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   32
@BOOKS KITOB FONETIKA QO\'LLANMA

TURSUNOV JAVOHIRBEK 
4-MAVZU. FONETIKA 
Fikrimizni boshqalarga so‘zlash va yozish orqali bayon qilamiz. So‘zlash va yozish orqali ma’lum fikr 
bayon qilishimiz 
nutq 
hisoblanadi. Nutq ikki yo‘l bilan amalga oshiriladi. Tovushlar zanjiri asosida bayon 
qilingan nutq 
og‘zaki nutq
, harflar ketma-ketligi asosida bayon qilingan nutq esa 
yozma nutq 
sanaladi. 
Nutqimizni bo‘laklarga ajratadigan bo‘lsak, uning oxirgi bo‘linish nuqtasi 
tovushlar
bo‘ladi.
Masalan, O‘zbekiston — jannatmakon o‘lka jumlasi O‘zbekiston, jannatmakon, o‘lka so‘zlariga, bu so‘zlar, 
o‘z navbatida, O‘z-be-kis-ton, jan-nat-ma-kon, o‘l-ka bo‘g‘inlariga, bo‘g‘inlar esa o‘-z-b-e-k-i-s-t-o-n
j-a-n-n-a-t-m-a-k-o-n o‘-l-k-a singari tovushlarga bo‘linadi. Bo‘linishning oxirgi nuqtasi bo‘lgan,
boshqa mayda bo‘laklarga bo‘lish mumkin bo‘lmagan nutq bo‘lagi (akustik-artikulatsion birlik) tovush 
hisoblanadi va u bilan bog‘liq hodisalar tilshunoslikning 
fonetika
bo‘limida o‘rganiladi. Fonetika so‘zi esa 
yunoncha 
phone – «tovush» 
so‘zidan olingan.
Fonetika bo`limida quyidagilar o`rganiladi : 
 
1.Nutq tovushlari;
2.Nutq a`zolari;
3.Bo`g`in;
4.Urg`u;
5.Tovush o`zgarishi hodisalari;
6.Ohang (intonatsiya). 
NUTQIY FAOLIYAT
Inson doimo o‘zini qurshab turgan olamni bilishga intiladi. Kishilarning barcha faoliyati markaziy asab 
sistemasi yordamida boshqariladi.Olamni bilish jarayoni markaziy asab sistemasiga turli sezgi a’zolarimiz 
(tana, ta’m-maza, ko‘rish, eshitish kabi sezgi a’zolari) yordamida uzatilgan axborot orqali amalga oshiriladi. 
Tana, ta’m-maza, ko‘rish, eshitish kabi sezgi a’zolari orqali olamni bilish vositasi barcha jonzotlarga xos 
xususiyatdir. Inson jonzotlarning eng oliy shakli sifatida ularga nisbatan yana bir qo‘shimcha bilish 
vositasiga — nutq orqali bilish qobiliyatiga ega. 
Birinchi bilish vositalarini mashhur ruhshunos P. Pavlov 
birinchi signal sistemasi,ikkinchisini esa ikkinchi signal sistemasi deb nomlagan.
 
Ko‘rinadiki, inson ikkinchi signal sistemasiga egaligi bilan boshqa jonzotlardan ajralib turadi, shuning 
uchun ham hazrat Alisher Navoiy barcha maxluqotlarning zoti sharifi inson ekanligini ta’kidlaganlar. 
Har bir shaxs ma’lum bir jamiyat vakili sanaladi. Jamiyat a’zolari o‘zaro doimo aloqada bo‘ladilar. Biri 
obyektiv olamda o‘z sezgi a’zolari orqali his etgan ma’lum narsa va hodisa haqida boshqalariga tovush 
to‘lqinlari (yozma nutqda esa harflar ketma-ketligi) yordamida axborotni yetkazadi. 
Axborot uzatuvchi — 
so‘zlovchi, eshituvchi esa tinglovchi sanaladi.
Tinglovchi olamdagi narsa va hodisaning umumlashgan 
obrazini so‘zlovchi uzatgan tovush signallarini eshitish sezgi a’zosi yordamida markaziy asab sistemasida 
tiklaydi. 

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin