uchun xizmat qiladigan belgilarigina ahamiyatli bo‘ladi. Bizning bilish faoliyatimizning asosini qiyoslash tashkil etadi. Bilish jarayonimizda yangi bilayotgan
narsamizni oldin bilgan narsaga qiyoslaymiz, zidlaymiz va ular o‘rtasidagi o‘xshash va farqli tomonlarni
topishga harakat qilamiz. Shuning uchun bilish faoliyatida zidlashlarning ahamiyati katta.Faraz qilingki,
oldingizda ikkita egizak bola. Ular bir-biriga nihoyatda o‘xshash. Faqat bittasining chap yuzida kichkina xoli
bor. Ana shu xol ikkisini bir-biridan farqlovchi belgi sanaladi. Qolgan belgilari esa har ikkisida bir xil. Bu ikki
boladan birining ismi Hasan, ikkinchisiniki esa Husan.Qarangki, ismlarning tovush tarkibi ham bir-biriga
naqadar o‘xshash. Faqat birinchi bo‘g‘in unlisi bittasida a, ikkinchisida u ekanligi bilan farqlanadi. Demak,
yuqoridagi ikki so‘z birinchi bo‘g‘indagi unlilar bilan bir-biridan farq qiladi. Qolgan tovushlar esa har ikkisida
bir xil.
Fonemalarni belgilashda yaqin, o‘zaro o‘xshash tovushlarni bir-biriga zidlash va ular o‘rtasidagi farqlovchi
va birlashtiruvchi belgilarni aniqlash katta ahamiyatga ega bo’ladi.
Zidlanayotgan birliklar: Farqlovchi belgi : Birlashtiruvchi belgi : Zidlanayotgan ikki birlikni bir-biridan farqlash uchun xizmat qiladigan belgilar farqlovchi belgilar deyiladi. Zidlanayotgan ikki birlikni har ikkisida ham takrorlanadigan, ikkalasi uchun ham umumiy bo`lgan belgilar birlashtiruvchi belgi deyiladi. D, T D-jarangli,
T-jarangsiz
Til oldi, portlovchi.
B, P B-jarangli,
P-jarangsiz
Lab undoshi, portlovchi, shovqinli