Tursunov javohirbek


Til haqida bildirilgan fikrlar



Yüklə 1,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/32
tarix06.05.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#108568
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   32
@BOOKS KITOB FONETIKA QO\'LLANMA

Til haqida bildirilgan fikrlar 
I. G‘ofurov 
Til millatning birinchi haqqidir. Shu haq o‘ksitilgan bo‘lsa, demak, millat o‘zini o‘zi o‘ksitib kelgandir. 
A. Navoiy 
Til shuncha sharafi bilan nutqning qurolidir. 
K. G. Paustovskiy 
O‘z vataningga bo‘lgan chinakam muhabbatingni o‘z tilingga bo‘lgan muhabbatingsiz tasavvur etish 
mumkin emas. 
O‘zbek xalqi haqida aytilgan fikrlar 
«Jahon qomusiy lug‘ati» 
O‘zbek — jahon xalqlari orasidan birinchilardan bo‘lib, turkiy xalqlar o‘rtasida esa eng oldin o‘troqlashgan, 
madaniy turmush kechiruvchi, jahon sivilizatsiyasiga hissa qo‘shgan millatdir. 
Abdurauf Fitrat 
O‘zbek o‘g‘lonlari botir bo‘lur. 
Chingiz Aytmatov 
Qadimgi Gretsiya Yevropada sivilizatsiya o‘chog‘i sifatida qanday o‘rin tutgan bo‘lsa, O‘zbekiston 
va o‘zbek xalqi Osiyoda, butun turkiy o‘lkalar va barcha turkiy xalqlar tarixida xuddi shunday o‘rin 
egallaydi. 
I.A.Karimov 
O‘zbekning fe’l-atvori barchaga ayon: u yerni, tabiatni sevadi. Do‘ppisida suv tashib bo‘lsa-da,
daraxt ko‘kartiradi. O‘zbek tom ma’noda bunyodkordir. 
Herman Vamberining «Turkiy xalq» asarida 
«O‘zbek, degan so‘z qaysi ma’noni bildiradi deganda, eng avvalo, shuni aytib o‘tish kerakki, bu so‘z 
«o‘z»
va 
«bek» 
so‘zlaridan iborat bo‘lib, shulardan birinchisi 
«asl», «ajoyib», «tagi mustahkam», «sardor»
ma’nolarini bildiradi. Demak, bu so‘zning ma’nosi asl bekdir. 
«O‘zbek» degan nom ancha oldindan ma’lum bo‘lib, 
«musulmoncha tarbiyalangan» 
degandek 
tushunilgan, ya’ni ular ... musulmon Osiyo madaniyatiga yo‘l ochishgan; o‘troq va asl dehqon; harbiy 
millat; savdoda og‘ir, vazmin, sanoatda mo‘tadil; ochiqko‘ngil, mard, jiddiy, haqiqiy turkiy himmatga ega; 
sovuqqonlikni odob-axloq namunasi hisoblaydi... O‘zbek o‘ylabroq gapirishga moyil, u buni tabiiy deb 
biladi; sadoqatli va dovyurak; to‘g‘ri gapiradigan, ko‘zga tik qaraydigan erkakni mukammallik namunasi 
deb biladi; davlat himoyasini o‘z zimmasiga olgan; o‘zbeklarning oilaviy munosabatlarini asl namuna 
hisoblasa bo‘ladi; o‘rta yoshga borib qolgan farzandlar ham o‘z ota-onalariga juda hurmat-ehtiromda 
bo‘lishadi; o‘zi 30—40 yoshlarga borib qolgan o‘g‘il ham otasining bir qarashidayoq sergak tortadi va hech 
qachon otasi bor paytda birinchi o‘tirmaydi; birinchi gapirmaydi; turkiy shevada gapiradilar; o‘zbeklar 
xudojo‘ylar va bolalardan shuni talab qilishadi; mug‘ambirlik kamdan kam uchraydi; o‘zbeklar yaxshi 
musulmondirlar; ashula va musiqani jon-dildan sevishadi...» 



Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin