TURSUNOV JAVOHIRBEK FONEMALAR TASNIFI Fonemalar quyidagi ikkita katta guruhga bo`linadi Unli fonemalar Undosh fonemalar. O‘pkadan chiqayotgan havo og‘iz bo‘shlig‘ida hech
qanday to‘siqqa uchramay chiqishi natijasida hosil
bo`ladigan tovushlarga unli fonemalar deyiladi
O‘pkadan chiqayotgan havo og‘iz bo‘shlig‘ining
ma’lum bir joyida yoki bo‘g‘izda to‘siqqa
uchrashidan hosil bo‘lgan tovushlar undosh
fonemalar sanaladi.
Faqat un(ovoz)dan iborat bo`ladi.
Ovoz va shovqindan iborat bo`ladi.
Bo`g`in hosil qiladi.
Bo`g`in hosil qilmaydi.
UNLI FONEMALAR i, u, e, o‘, o, a unlilarini talaffuz qilib ko‘ring. Ularning bir guruhini (u, o‘, o,) talaffuz qilganingizda
lab oldinga qarab cho‘chchayadi , a, e, i unli tovushlarini talaffuz qilganingizda esa lab o‘z holicha qoladi.
Demak, unlilarning bir guruhida lab ishtirok etadi, boshqalarida esa qatnashmaydi.Bundan tashqari, a unlisini
talaffuz etganingizda og‘iz katta ochiladi. Til gorizontal holda pastki jag‘ ustida yotadi. i, u unlilarini talaffuz
etganingizda esa, og‘iz ozgina ochiladi, tilning o‘rtasi esa yuqori tanglayga qarab ko‘tariladi. Shunga ko`ra
quyidagi uch belgi : a) labning ishtiroki; b) og‘izning ochilish darajasi (tilning ko‘tarilishi darajasi);
c) tilning gorizontal harakati hozirgi o‘zbek adabiy tili unlilari tasnifi uchun asos bo‘ladi.
Lablarning ishtirokiga ko`ra: Lablangan unlilar
U, o` Lablanmagan unlilar
I, e, a Oraliq unli
O (lablangan) Tilning vertikal harakatiga ko`ra (Og`izning ochilish darajasiga ko`ra) : Yuqori tor unlilar
U, i O`rta keng unlilar
E, o` Quyi keng unlilar
A, o