torlik belgisi va lablanmaganlik belgisi. Shu belgilari bilan a ga, oga, i ga, u ga zidlanadi.
Ana shu birlashtiruvchi belgilar ma’lum xususiylikni umumiyliklarga birlashtirishga yordam beradi.
Umumiylik so‘zlovchi va tinglovchilar xotirasida mavjud bo‘ladi. Shuning uchun ham bu umumiylik turlicha
talaffuz qilinishiga qaramasdan, so‘zlovchi va tinglovchilar o‘rtasida bir xil tushunishga olib keladi.
Tovush Fonema Nutq jarayonida real talaffuz qilingan, qulog‘imiz bilan
eshitgan eng kichik va boshqa mayda bo‘lakka
bo‘linmaydigan nutq parchasi
tovush sanaladi.
Bevosita kuzatishda bir nechta tovushlar orqali
talaffuz qilinuvchi so‘z va uning ma’noli
birliklarini shakllantirish va farqlash vazifasini
bajarishga xoslangan, ketma-ketlik jihatdan
boshqa mayda bo‘lakka bo‘linmaydigan eng
kichik til birligi
fonemadir. Tovush –
nutq birligi Fonema –
til birligi Zidlanayotgan birliklar Fonemalar Tom – tosh Sh, m Tosh – tesh O, e Tosh – qosh T, q Bir –pir B, p Bol –pol B, p Band – pand B, p Sud – sut D, t Dor – tor D, t Ko‘rinadiki, bir fonema bir necha tovushlar orqali ro‘yobga chiqadi.Fonemalar ikki va undan ortiq
ma’noli birliklarni bir-biriga zidlash orqali aniqlanadi.
Fonemalar so‘zlarning tarkibida muayyan tartibda kelib, ularni moddiy tomondan shakllantiradi.
Bunda so‘z tarkibidagi fonemalarning joylashish tartibi katta rol o‘ynaydi.