Tursunov javohirbek



Yüklə 1,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/32
tarix06.05.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#108568
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   32
@BOOKS KITOB FONETIKA QO\'LLANMA

1995-yilning 21-dekabr
ida O‘zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisining IV sessiyasi 
«Davlat tili haqida»gi Qonunning 
yangi tahriri
ni qabul qildi. 
Yangi tahrirdagi Qonunning muhim jihati shundaki, unda o‘zbek tilining bugungi jahon hamjamiyatidagi 
mavqeyi hisobga olindi. Bu qonun 
24 modda
dan iborat bo‘lib, uning 
1-moddasida 
asosiy qonunimiz bo‘lgan 
Konstitutsiyamizning 
4- moddasida 
ta’kidlanganidek: «O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek 
tilidir», – deb yozib qo‘yilgan. O‘zbek tili O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili sifatida tan olinar ekan, 
bu narsa respublika hududidagi boshqa tillarning faoliyat ko‘rsatishi, rivojlanishi, O‘zbekistonda yashovchi 
barcha millat vakillarining o‘z ona tillarida erkin aloqa qilishlari uchun aslo monelik qilmaydi. Qonunning 
2-
, 4-, 6-, 10-, 14-moddalar
ida boshqa millat vakillari tillarining amal qilishi himoya qilinadi. Bu esa yangi 
Qonunning naqadar xolis ekanligini ko‘rsatadi. 


TURSUNOV JAVOHIRBEK 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI 
DAVLAT TILI HAQIDA 
(yangi tahrirda) 
 
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir. 
2-modda. O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi respublika hududida yashovchi millat va 
elatlarning o‘z ona tilini qo‘llashdan iborat konstitutsiyaviy huquqlariga monelik qilmaydi. 
3-modda. O‘zbek tilining O‘zbekiston Respublikasi hududida davlat tili sifatida amal qilishining huquqiy 
asoslari ushbu Qonun va boshqa qonunlar bilan belgilab beriladi. 
Tilning Qoraqalpog‘iston Respublikasida amal qilishiga bog‘liq masalalar, shuningdek, Qoraqalpog‘iston 
Respublikasining qonun hujjatlari bilan belgilanadi. 
Ushbu Qonun tillarning turmushda, shaxslararo muomalada hamda diniy va ibodat bilan bog‘liq udumlarni 
ado etishda qo‘llanishini tartibga solmaydi. 
Fuqarolar millatlararo muomala tilini o‘z xohishlariga ko‘ra tanlash huquqiga egadirlar. 
4-modda. O‘zbekiston Respublikasida Davlat tilini o‘rganish uchun barcha fuqarolarga shart-sharoit 
hamda uning hududida yashovchi millatlar va elatlarning tillariga izzat-hurmat bilan munosabatda bo‘lish 
ta’minlanadi, bu tillarni rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratiladi. 
Fuqarolarga davlat tilini o‘qitish bepul amalga oshiriladi 
5-modda. O‘zbekiston Respublikasida davlat tilida faoliyat ko‘rsatadigan, milliy guruhlar zich 
yashaydigan joylarda esa — ularning tillarida faoliyat ko‘rsatadigan maktabgacha tarbiya, bolalar 
muassasalarini tashkil etish ta’minlanadi. 

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin