Tursunov javohirbek


Ko‘ni teyu bilsin xaloyiq seni



Yüklə 1,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/32
tarix06.05.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#108568
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
@BOOKS KITOB FONETIKA QO\'LLANMA

Ko‘ni teyu bilsin xaloyiq seni.
To‘g‘ri bo‘l, to‘g‘ri ish qil, to‘g‘ri deb atal,
Odamlar seni to‘g‘ri deb bilsin. 


TURSUNOV JAVOHIRBEK 
Eski turkiy tilga oid so`zlar 
1. 
Ko‘kramak 
Na’ra tortmoq 
5. 
Elig 
Hukmdor 
2. 
Sandilach 
Sa’va 
6. 
Bo`g`u 
Dono 
3. 
Qirg‘ilach 
Qaldirg‘och 
7. 
Al 
Qizil 
4. 
Sandug‘ach 
Bulbul 
8. 
Ko`ni 
To`g`ri , rost , haqqoniy 
 
ESKI O`ZBEK TILI 
 
Qoraxoniylar davri adabiy tili o‘zbek tilining shakllanishi uchun ham asos bo‘ldi. Bu davrdagi 
ikki adabiy 
til an’anasi sharqiy (qorluq-uyg‘ur) adabiy tili va g‘arbiy (qipchoq-o‘g‘uz) adabiy tili
o‘zbek tilining 
shakllanishida xizmat qildi. 
Xususan, 
g‘arbiy til an’anasida yozilgan 
Qul Alining «Qissayi Yusuf» dostoni (1239-yil )hamda 
sharqiy 
til an’anasida yozilgan 
Rabg‘uziyning «Qissasi Rabg‘uziy» (1309—1310) asarlari o‘zbek adabiy tilining 
shakllangan davrini ifoda etuvchi badiiy asarlardir. A. Borovkovning e’tirof etishicha, «Tafsir» (XIII asr) tili 
eski o‘zbek tilining yorqin namunasidir. 
 

«O‘g‘uznoma», «Tafsir» (Qur’onning so‘zma-so‘z tarjimasi, izohlar, sharhlar, tushuntirishlar),«Yusuf va 
Zulayho», «Me’rojnoma», Qutbning «Xusrav va Shirin», Sayfi Saroyining «Guliston», Xorazmiyning 
«Muhabbatnoma» asarlari eski o‘zbek tilida yaratilgan dastlabki namunalardir.
 
Arab, fors-tojik 
tillarga xos bo‘lgan fonetik, leksik va grammatik xususiyatlar eski o‘zbek tiliga ko‘plab 
o‘zlashdi. Bu davrda o‘zbek qabilalari boshqa qabilalarga nisbatan siyosiy hayotda yetakchilikni o‘z qo‘llariga 
ola boshladilar. 
O‘zbek atamasi tarixda ilk bor 
XII asrda Rashididdinning «Mo‘g‘illar tarixi» 
asarida atoqli ot ma’nosida 
tilga olinadi. Jaloliddin Manguberdining qo‘shin boshliqlaridan biri O‘zbektoy deb atalgan. 
O‘zbek degan so‘zning 
«o‘ziga bek», «otliq qo‘shin», «sodda», «to‘g‘ri», «insofli», «saxiy», 
«odamoxun», «diltortar», «suyukli»
kabi ma’nolari ham mavjud. O‘zbek atamasining unga qadar ishlatilgan 
turk, sart, chig‘atoy 
singari atamalarga nisbatan tilimizda barqaror bo‘lib qolishi Shayboniyxon 
boshchiligidagi o‘zbek urug‘larining Markaziy Osiyoda o‘troqlashuvi, hokimiyatni o‘z qo‘llariga olishi bilan 
bog‘liq. 
O‘zbek tilining takomillashuvida Atoiy, Sakkokiy, Lutfiy singari o‘nlab, yuzlab so‘z ustalari xizmat qilgan 
bo‘lsalar, Mavlono Alisher Navoiy uning obro‘yini dunyoga tanitdi. Navoiy davri va Navoiygacha bo‘lgan 
davrda o‘zbek tili 
turk lafzi, turkiy til 
nomi bilan yuritilgan. 
XVI asrdan 
o‘zbek urug‘larining nomi butun 
xalqning nomiga aylanib ketdi. Shuningdek, o‘zbek tili mo‘g‘illar bosqinidan so‘ng shu yerga egalik qilgan 
Chig‘atoy 
nomi bilan, rus bosqini davrida esa ruslar tomonidan 
sart tili 
nomi bilan ham yuritilgan. Eski turkiy 
tildan ajralib to hozirgi o‘zbek tilining shakllanishigacha (XX asr boshlarigacha) bo‘lgan o‘zbek tili
eski o‘zbek tili 
deb nomlanadi. 

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin