Xorazmiyning «Muhabbatnoma»si o’zbek mumtoz adabiyotidagi noma janrining ilk yorqin namunasi sanaladi. Albatta «Muhabbatnoma» faqat nomalar yig’indisi emas, unda g’azal, qit’a, fard kabi kichik lirik janrlarga xos asarlar ham mavjud. Lekin asardagi o’n bir noma asar tuzilishining bosh xususiyatini belgilaydi. Shoir shundan kelib chiqib “noma» so’zini asar nomiga ham chiqazgan. Xorazmiyning nomanavislik an’anasini adabiyotimizda Xo’jandiy «Latofatnoma»si, Yusuf Amiriy «Dahnoma»si, Said Ahmad «Taashshuqnoma»si, Sayyid Qosimiy «Haqiqatnoma»si va «Sadoqatnoma»si bilan davom ettirdi.

Xorazmiy — XIV asrda yashab, turkiy va forsiy tilda ijod etgan shoir. Biroq bizga uning asosan o’zbek, qisman tojik tilida bitilgan birgina «Muhabbatnoma» asari etib kelgan. Tarjimayi holi haqida ham shu asardagi ma’lumotlardan boshqa ma’lumotga ega emasmiz. Hatto, uning asl ismini ham bilmaymiz. «Muhabbatnoma»da shoirning o’zi qayd etishicha, Oltin O’rda xoni Jonibekxonning Sirdaryo muzofotidagi hukmdorlaridan biri Muhammad Xojabek forsiy tilda she’rlar yozib, mashhur bo’lgan Xorazmiydan: