Ayniqsa, maqta’larda shoir lirik qahramoni to’g’ridan-to’g’ri Muhammad Xojabekka murojaat qilib, undan himmat va karam kutadi:

Siza teb keldi, Xorazmiyni asrang, Kim asrarlar qamuq shahlar gadoyin.
Hatto, shaklan ishqiy mavzuda bo’lgan nomalar va g’azallar mohiyatida ham ana shu hukmdor ta’rifi yotganini sezish qiyin emas. Ba’zan buni go’yo bir o’xshatishdek qilib yoxud istiora shaklida bildirib o’tadi:
Qilur o’z jonig’a qasd o’zi boyiq, Gadoekim, bo’lur sultona oshiq.
Yoki:
Yoki:
Ayit mendinkim, ul miskin urur oh, Qachon ingay gadoning evina shoh?
Nomalardagi «olam podshohi», «qamuq ko’rkluklari uzra “podshosen», «gu1chehralar molik riqobi», «shohi qaboyil», «ohu nazarlar shahriyori» kabi ifodalardan foydalanish ham biryo’la asar bag’ishlangan hukmdorni esdan chiqarmaslik ilinjida qilingan. Muallif shunday yo’l tutganki, bu parchalarni hukmdorga emas, yorga bag’ishlangan deb o’qisangiz ham, ma’no chiqaveradi, badiiyat hech narsa yo’qotmaydi. Eng muhimi, ishq bu erda hukmdorga muhabbatdan sevikli yorga, undan esa Yaratgan Egamga muhabbatga aylana borgan.
Chunki tasavvuf yurtimizda keng qanot otgan bu davrlarga kelib ilohiy ishqdan xoli tarzda muhabbat mavzuini yoritishni tasavvur qilish mushkul: Buni shoir asar oxiridagi «Iltimosin aytur» faslida shunday bildirib o’tadi:

Muni kim ish birla o’qug’ay, Haqiqat olamini munda bilg’ay.
Bu erdagi «haqiqat» tasavvufiy ma’noga ega. Ya’ni Xudoga ishqning yo’li shariat, tariqat va haqiqatdan iborat deb qaralgan. Haqiqat — Allohga etishni anglatadi. Tasavvuf ahli ishqni Xudoga muhabbat tarzida tushungan va talqin etgan. Insonga, ya’ni do’stga yoki yorga muhabbat Allohga bo’lgan ishqning bosqichlaridan deb qaralgan. «Muhabbatnoma» o’zbek adabiyoti tarixida alohida o’rin tutadi. U she’riyatning keyingi taraqqiyotiga jiddiy ta’sir o’tkazdi. Hatto, Alisher Navoiy ham bu asardan yaxshi xabardor bo’lgan.