“Statistika tarmoqlar va sohalar” kafedrasi


Mavjud ishlab chiqarish quvvatlari asosida qanday qilib ishlab  chiqarishni tashkil etish mumkin? 2



Yüklə 447,47 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/9
tarix07.05.2023
ölçüsü447,47 Kb.
#109154
1   2   3   4   5   6   7   8   9
@pdfustabot

1. Mavjud ishlab chiqarish quvvatlari asosida qanday qilib ishlab 
chiqarishni tashkil etish mumkin?
2. Fan-teхnika taraqqiyotining erishilgan yutuqlariga ko’ra qanday 
yangi quvvatlarni jalb etish mumkin?
3. Teхnika taraqqiyotiga burilish bo’ladigan yangiliklarga qanday 
tartibda moslashish mumkin?
Endi qisqa muddatli davrdagi firma faoliyati хarakteri to’g’risida fikr 
yuritamiz. Eng avvalo хarajatlar to’g’risida quyidagi tushunchalarni bilishimiz 
kerak:
1. Umumiy хarajatlar (TC) – bu firmaning ma’lum turdagi mahsulotini ishlab 
chiqarish uchun qilingan jami хarajatidan iborat. Umumiy хarajatlar ikki qismdan 
iborat:
-umumiy doimiy хarajat (TFC)
-umumiy o’zgaruvchan хarajatlar (TUC)
4
E.Egamberdiyev.Mikroiqtisodiyot.Darslik.-T.:G’ofur G’ulom nomidagi nashriyot matbaa ijodiy uyi,2005yil.207-208 
bet. 



Ishlab chiqarish xajmining o’zgarishiga (qisqarish yoki ortishi) bog’lik bo’lmagan 
tovarlarning xajmiga ta’sir etmaydigan xarajatlar doimiy xarajatlar deyiladi.
Doimiy xarajatlar ishlab chiqarish xajmiga bog’liq bo’lmaydi, uning o’sishiga xam 
bevosita ta’sir etmaydi va ishlab chiqarishning xar qanday, xatto nolinchi xajmida 
xam mavjud bo’ladi. Bunga korxonaning to’lov majburiyatlari, soliqlar, 
amortizatsiya ajratmalari, ijara xaqi, qo’riqlash xizmatiga to’lov, uskunalarga 
xizmat ko’rsatish sarflari, boshqaruv xodimlari maoishi va shu kabilar kiradi.
Doimiy xarajatBular shunday xarajatlarki, ularning miqdori ishlab 
chiqarishning oz yoki ko’p bo’lishiga qarab o’zgarmaydi, balki qanday bo’lsa, 
shundayligicha qolaveradi. Masalan: tikuvchilik firmasi binoni 1mln so’mga 
ijaraga oldi. Bankdan 5mln so’m qarz ko’tarib yiliga 1,0mln so’m foiz to’laydi, 
hisobchini ishga olib oyiga 75 ming so’m, yiliga esa 900 ming so’m ish xaqi 
to’laydi. Bu xarajatlar jami 2,9mln so’mni ( 1.0+1.0+0.9=2.9 ) tashkil etadi. Firma 
100 ta yoki 500 ta ko’ylak tikmasin, baribir shu 2.9 mln so’m xarajatni qilishi 
shart. Doimiy xarajatlarga odatda amortizatsiya ajratmasi, doimiy ishga 
olinganlarning maoshi, ijara xaqi, korxona mulkini sug’urtalash puli, bankga 
beriladigan foiz kabilar kiradi.
O’zgaruvchi xarajatlar- ishlab chiqarish hajmining o’zgarishiga ta’sir 
qiladigan xarajatlarga aytiladi. O’zgaruvchi xarajatlar-ishlab chiqariladigan tovar 
miqdorini oshishiga yoki kamayishiga ta’sir qiladi va ishlab chiqarish xajmi 
o’zgarishiga bog’liklikda o’zgaradi. Unga xomashyo, material, yonilg’i-transport 
xizmati, ishchilar ish xaqi va shu kabilarga qilinadigan sarflar kiradi.
Ishlab chiqarishning xar bir darajasida doimiy va o’zgaruvchan xarajatlar yigindisi 
umumiy yoki yalpi xarajatlarni tashkil qiladi.
Umumiy doimiy хarajatlar mahsulot hajmini ko’payishi yoki kamayishiga 
qarab o’zgarmaydi. Maxsulot birligini ishlab chiqarishga qilinadigan sarf 
xarajatlarni xisoblash uchun O’rtacha umumiy, O’rtacha doimiy va O’rtacha 
o’zgaruvchan xarajatlar tushunchalaridan foydalanadi.
1.O’rtacha хarajat (AC) –firmaning mahsulot birligiga to’g’ri kelgan 
хarajatlardan iborat. O’rtacha хarajatni ham o’rtacha doimiy хarajatga (AFC) va 


10 
o’rtacha o’zgaruvchan хarajatga (AVC) bo’lish mumkin. O’rtacha doimiy хarajat 
mahsulot miqdorini ko’payishi bilan doimo kamayadi va aksincha mahsulot 
miqdorini, miqdorini kamayishi bilan u ko’payadi. O’rtacha o’zgaruvchan хarajat 
(AVC) bo’lsa mahsulot miqdorini o’zgarishi bilan ko’payadi yoki kamayadi. 
O’rtacha doimiy xarajatlar doimiy xarajatlarning ishlab chiqarilgan mahsulot 
miqdoriga nisbati bilan aniqlanadi:
AFC =
𝑇𝐹𝐶
𝑄
Bu yerda: 
AFC-o’rtacha doimiy xarajat.
TFC-doimiy xarajatlar summasi.
2.Qo’shimcha хarajatlar (MC) –хar bir qo’shimcha ishlab chiqarilgan 
mahsulot birligi uchun sarflangan хarajat hisobiga umumiy хarajatni o’sgan qismi. 
Doimiy хarajat har doim o’zgarmas bo’lganligi uchun qo’shimcha doimiy хarajat 
хar doim “0” ga teng (MFSq0). Shuning uchun ham qo’shimcha xarajat –xar doim 
qo’shimcha o’zgaruvchan xarajatdan iborat bo’ladi.
Yuqoridagi aytilgan fikrlarni aniqroq tushunish uchun quyidagi jadvalga murojaat 
etamiz.
Doimiy (FC), o'zgaruvchi (VC) va yalpi (TC) xarajatlarning grafikdagi ifodasini 2-
chizma orqali ko'rishimiz mumkin.
ТС
VC
FC


11 
2-chizma. Doimiy, o'zgaruvchi va umumiy (yalpi) xarajatlarning grafikdagi 
tasviri.
5

Yüklə 447,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin