95
Katta ta’sir– bu korxonaning siyosatini nazorat qilmasdan
uning moliyaviy va
ishlab chiqarish bo‘yicha faoliyatiga doir qarorlarni qabul qilishda qatnashish huquqidir.
Katta ta’sirni mavjud bo‘lishi investorning quyidagi huquqlari orkali namoyon bo‘ladi :
•
Direktorlar kengashida a’zolikni yoki shunga tenglashtirilgan boshqaruv
organidagi vakillikni borligi;
•
Korxona siyosatini
ishlab chiqishda qatnashish;
•
Investor va qaram jamiyat o‘rtasida foydani kelishib taqsimlash va boshqa
moliyaviy munosabatlarni mavjud bo‘lishi;
•
Boshqaruv xodimlarini
almashtirishda ishtirok etish;
•
Texnik-iqtisodiy axborotlar bilan ta’minlash.
Agar investorning kiritgan mablag‘i qaram xo‘jalik jamiyatining jami kapitalida
20% dan ko‘p hissani tashkil etsa va shu miqdordan ortiq ovozga ega bo‘lsa,
u holda
uning qaram xo‘jalik jamiyatiga ta’siri katta hisoblanadi.
0640 «Chet el kapitaliga ega korxonalarga investitsiyalar» schyoti kushma
korxonalarga investitsiyalar kiritgan korxonalar tomonidan qo‘llaniladi. Ushbu schyotda
qo‘shma korxonaga ta’sis badali, qarz yoki kredit sifatida kiritilgan mablag‘lar aks
ettiriladi.
Dostları ilə paylaş: