Olingan uzoq va qisqa muddatli qarzlar – bu mos ravishda 1 yildan ko‘p va 1
yilgacha muddatga boshqa yuridik shaxslardan vaqtinchalik moliyaviy yordam sifatida
olingan mablag‘larni qaytarish bo‘yicha qarzlar summasi. •
Olingan uzoq va qisqa muddatli kreditlar - bu mos ravishda 1 yildan ko‘p va 1
yilgacha muddatga banklardan kredit shartnomalari asosida olingan kredit resurslarini
qaytarish bo‘yicha qarzlar summasi. •
Ta’minotchilarga to‘lanadigan schetlar – bu olingan tovar-moddiy boyliklar
uchun ta’minochilarga o‘tqazilmay qolingan qarz summasi. •
Haridorlardan olingan avanslar - bu haridorlardan tovar-moddiy boyliklarni
sotib olish uchun oldindan kelib tushgan pullar bo‘yicha qarz summasi. •
Muddati kechiktirilgan uzoq va qisqa muddatli qarzlar – bu soliqlar va boshqa
to‘lovlar bo‘yicha muddati mos ravishda 1 yildan ko‘p va 1 yilgacha bo‘lgan davrga
uzaytirilgan qarz summasi. •
Byudjet oldidagi qarzlar –bu hisobot davrida hisoblangan, lekinda byudjetga
o‘tqazib berilmagan soliq va to‘lovlar bo‘yicha qarz summasi. •
Ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha qarzlar – bu ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha hisobot davrida
hisoblangan, lekinda tegishli sug‘urta organlariga o‘tqazib berilmagan qarz summasi. •
Ish xaqi bo‘yicha qarzlar – bu korxonaning xodimlariga hisoblangan va vaqtincha
saqlanayotgan ish haqlarini to‘lanmay qolingan qismi. •
Ta’sischilar oldidagi qarzlar – bu ta’sischilarga hisoblangan, lekinda to‘lanmagan
dividendlar bo‘yicha korxonaning qarzi, shuningdek ta’sischilar safidan chiqib ketgan
shaxslarning ustav kapitalidagi hissasini qaytarilmagan qismi. •