16
•
Kelgusida korxonaga iqtisodiy naf keltirishi kerak,
jumladan korxonaning pul
mablag‘larini kirimini ko‘payishiga bevosita va bilvosita hissa qo‘shishi kerak.
•
Yuz bergan xo‘jalik operatsiyalari natijasi hisoblanishi kerak, masalan tayyor
mahsulot ishlab chiqarish jarayonining natijasidir.
Aktivlarning harakterli xususiyatlariga quyidagilarni kiritish mumkin:
•
Jismoniy ko‘rinishga (shaklga) ega bo‘lishi ham, ega bo‘lmasligi ham mumkin.
Masalan, bino yoki stanok aniq shaklga ega,
lekinda patent, litsenziya, savdo belgisi,
mualliflik huquqi moddiy shaklga ega emas.
•
Sotib olingan, bepul kelib tushgan, ishlab chiqarilgan bo‘lishi mumkin.
•
Korxonada yuz berayotgan jarayonlarda moddiy
asos yoki ularning natijasi
hisoblanishi mumkin. Masalan, xom-ashyo ishlab chiqarishga moddiy asos, tayyor
mahsulot esa ishlab chiqarishning natijasi hisoblanadi.
•
Boshqa aktivlarga almashtirilishi mumkin.
•
Qarzlarni to‘lash uchun ishlatilishi mumkin.
•
Qisqa yoki uzoq vaqt maboynida foydalanishda bo‘lishligi mumkin.
•
Oborotda va oborotdan tashqarida bo‘lishligi mumkin.
Korxonalarning yuqorida keltirilgan talab va xususiyatlarga javob beradigan asosiy
aktivlariga quyidagilar kiradi:
1.
Uzoq muddatli aktivlar – 1 yildan ko‘p muddatda xizmat qiladigan va oborotda
bo‘ladigan moddiy va nomoddiy mablag‘lari:
•
Dostları ilə paylaş: