Asosiy vositalar- binolar, inshoatlar, mashina va mexanizmlar, transport vositalari,
kompyuter texnikasi, mebel va boshqalar.
•
Nomoddiy aktivlar – litsensiya, patent, savdo markasi, tovar belgisi, gudvil,
mualliflik huquqi va boshqalar.
•
Moliyaviy investitsiyalar - sotib olingan qimmatli qog‘ozlar, berilgan kredit va
qarzlar, kiritilgan pay va badallar.
•
Kapital investitsiyalar - tugallanmagan qurilishlarga, harakatdagi asosiy
vositalarni kengaytirish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilishga sarflangan,
shuningdek yangi uzoq muddatli aktivlarni sotib olishga kiritilgan mablag‘lar, sotib
olingan, lekin o‘rnatilmagan jihozlar.
2.Qisqa muddatli aktivlar – 1 yilgacha muddatda xizmat qiladigan va oborotda
bo‘ladigan mablag‘lar:
•
Ishlab chiqarish zaxiralari – xom-ashyo va materiallar, yoqilg‘i, tara va tara
materiallari, ehtiyot qismlar, qurilish materiallari, xo‘jalik inventarlari, boquvdagi va
o‘stirishdagi yosh mollar.
•
Tugallanmagan ishlab chiqarish harajatlari – tayyor holga yetmagan
mahsulotlarlarga to‘g‘ri keladigan harajatlar, yarim mahsulotlar.
•
Tayyor mahsulotlar – omborlarga qabul qilingan tayyor buyumlar.
•
Tovarlar - magazin va omborlarda saqlanayotgan iste’mol buyumlari.
•
Kelgusi davr harajatlari - hisobot yilida kelgusi davrlar uchun qilingan harajatlar,
masalan obuna to‘lovlari, ijara to‘lovlari.
•
Muddati uzaytirilgan harajatlar - hisobot yilida kelgusi davrda hisobiga
to‘langan soliqlar va boshqa harajatlar.
•
Pul mablag‘lari – kassadagi, yo‘ldagi va banklardagi milliy va chet el valyutalari.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com