3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf


IX-bob. KAPITAL , MAQSADLI TUSHUMLAR VA REZERVLARNING



Yüklə 1,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə183/302
tarix08.05.2023
ölçüsü1,11 Mb.
#109332
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   302
K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va

IX-bob. KAPITAL , MAQSADLI TUSHUMLAR VA REZERVLARNING 
HISOBI 
 
9.1.Ustav kapitalining hisobi 
 
Korxonalar xususiy kapitalining muhim turi bo‘lib ustav kapitali hisoblanadi. 
Ustav kapitali deganda korxonaning ta’sischilari tomonidan unga kiritiladigan 
mablag‘lar majmuasi, shuningdek chiqarilgan aksiyalarning nomimal qiymatidagi 
summalarining yig‘indisi tushuniladi. Ustav kapitalining xususiyatlariga quyidagilar 
kiradi: 

Ustav kapitalining miqdori korxona ustavi va ta’sis shartnomasiga muvofiq 
belgilanadi va nisbatan doimiy harakterga ega bo‘ladi. Uning birlamchi miqdorini 
o‘zgarishi faqat korxona ustavini davlat qaydnomasidan qayta o‘tqazish yo‘li bilan 
amalga oshiriladi; 

Ustav kapitalini haqiqatda shakllantirish vaqt bo‘yicha chegeralanadi. O‘zbekiston 
Respublikasi qonunlariga muvofiq korxonalar ustav kapitalini shakllantirishning oxirgi 
muddati bo‘lib ta’sis etilgan sanadan boshlab bir tavqim yil hisoblanadi. Ushbu 
muddatda o‘z ustav kapitalini shakllantirmagan korxonalar yuridik statusini yo‘qotadi va 
tugatiladi. 

Ustav kapitali korxonalarning tashkiliy-huquqiy shakllariga va mulk shakllariga 
bog‘liqdir. Davlat korxonalarida ustav kapitali unga davlat tomonidan birkitilgan mulklar 
majmuasidan tashkil topadi. Xususiy va kollektiv o‘rtoqchilik mulklari asosida tashkil 
etilgan korxonalarda ustav kapitali ta’sischilarning pay va badallaridan iborat bo‘ladi. 
Aksionerlik jamiyatlarida ustav kapitali chiqarilgan oddiy va imtiyozli aksiyalarning 
nominal qiymatidagi summalarining yig‘indisidan tashkil topadi.

Ustav kapitaliga ta’sischilarning hissalari uzoq va qisqa muddatli aktivlar bilan, 
ya’ni asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, kapital va moliyaviy investitsiyalar, tovar-
moddiy boyliklar va pul mablag‘lari bilan , kiritilishi mumkin. 

Ta’sischilarning ustav kapitalidagi hissalari korxonaning sof foydasini hissali
usulda taqsimlashga, aksiyalarning soni esa sof foydani ularning har biriga mos ravishda 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


169 
taqsimlashga asos bo‘lib hisoblanadi. Davlat korxonalarida sof foyda taqsimlanmaydi va 
ustav kapitalining miqdorini oshirishga yo‘naltiriladi.
Ustav kapitali bo‘yicha buxgalteriya hisobining asosiy vazifalari bo‘lib quyidagilar 
hisoblanadi: 

Ustav kapitalini korxonalarning ta’sis etilgan kuniga aks ettirish

Ta’sischilar tomonidan o‘z ulushlarini belgilangan muddatlarda kiritilishi ustidan 
nazorat o‘rnatish; 

Ustav kapitalidagi o‘zgarishlarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri hisobga olish; 

Chet el investorlari tomonidan chet el valyutasida kiritilgan mablag‘lar bo‘yicha 
valyuta kurslari o‘rtasidagi farqlarni to‘g‘ri hisobga olish; 

Ta’sischilar bilan olinadigan dividendlar va ularning hissalari bo‘yicha hisob-
kitoblarni to‘g‘ri olib borish; 

Ustav kapitaliga doir ma’lumotlarni moliyaviy hisobotlarda to‘g‘ri aks ettirish va 
boshqalar.
21- son BHMS ga muvofiq ustav kapitalining hisobi quyidagi schyotlarda olib 
boriladi: 


Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   302




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin