3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf


XYI –bob. KORXONALAR MOLIYAVIY –XO‘JALIK FAOLIYATI



Yüklə 1,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə278/302
tarix08.05.2023
ölçüsü1,11 Mb.
#109332
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   302
K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va

 
XYI –bob. KORXONALAR MOLIYAVIY –XO‘JALIK FAOLIYATI
AUDITINI O‘TQAZISHNING METODOLOGIK ASOSLARI 
 
 
16.1. Auditni o‘tqazishning umumiy metodologik tartibi 
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini kompleks yoki tematik audit 
tekshiruvidan o‘tqazish auditni tashkil etishning 2-bosqichini tashkil etadi. Ushbu 
bosqichni auditorlar 1-bosqichda tuzilgan dasturga muvofiq olib boradilar. Dasturga 
kirgan har bir mavzu yoki ob’ektni tekshirishda auditorlar ma’lum ketma-ketlikga amal 
qilishlari, tekshirishni yuqoridan pastga qarab yoki pastdan yuqoriga qarab tekshirish 
usullaridan birida amalga oshirishlari lozim. Bizningcha, pastdan yuqoriga qarab 
tekshirish eng qo‘lay usuldir.
Ushbu usulga muvofiq auditor har bir ob’ekt bo‘yicha ma’lumotlarni boshlang‘ich 
hujjatlardan tortib, to hisobotda aks ettirilgan ko‘rsatkichgacha tizimlab chiqadi. Auditor 
barcha tekshirish ob’ektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni boshlang‘ich hujjatlar asosida 
o‘zining kompyuteriga kiritib boradi, oraliq ma’lumotlarni oylik, choraklik, yarim yillik, 
to‘qqiz oylik va yillik davrlar bo‘yicha jamlaydi. Boshlang‘ich hujjatlar bo‘yicha 
isbotlarni to‘plash chog‘ida birdaniga ularni to‘g‘ri tuzilganligini tekshiradi, ulardagi 
baholarni va soniy –summaviy miqdorlarni shartnomalar bilan taqqoslaydi. Har oylik 
ma’lumotlarni Bosh kitobdagi mos schyotlarning ma’lumotlari bilan uyg‘unligini 
tekshiradi. To‘plangan ma’lumotlarni «Buxgalteriya balansi», «Moliyaviy natijalar 
to‘g‘risida hisobot» va hisobotning boshqa shakllarida aks ettirilgan ma’lumotlar bilan 
taqqoslab ko‘radi. To‘plangan isbotlarni hisob va hisobot ma’lumotlari bilan mos kelishi 
tekshirilayotgan ob’ekt hisobini to‘g‘ri olib borilganligidan, mos kelmasligi esa xato va 
kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligidan darak beradi. Mos kelmaslik auditordan
chetlanishlar bo‘yicha keyingi isbotu- dalillarni yig‘ishni talab etadi. Xuddi shunday 
ketma-ketlik, ma’lumotlarni yig‘ish tartibi auditning barcha ob’ektlari bo‘yicha amalga 
oshiriladi. 
Shunday qilib, auditorlik tekshiruvini barcha ob’ektlar bo‘yicha quyidagi umumiy 
metodologik tartibga amal qilingan holda o‘tqazilishi lozim (17-chizma). 

Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   302




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin