3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf



Yüklə 1,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə274/302
tarix08.05.2023
ölçüsü1,11 Mb.
#109332
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   302
K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va

Nazorat tizimi xatari (CR) – bu auditorning korxonada mavjud ichki nazorat 
tizimining mavjud holatiga, uning ta’sirchanligiga bergan bahosidan kelib chiqadigan 
xatar. Ichki nazorat tizimining mavjudligi, uning haqiqatda kuchli ta’sirining borligi, 
samarali faoliyat ko‘rsatayotganligi auditorning xulosada kam xato qilishining muhim 
omili hisoblanadi. Nazorat tizimi xatarini past darajada belgilanishi, albatta, auditor 
tomonidan yig‘iladigan isbotlar sonini kamayishiga olib keladi, bu o‘z navbatida 
auditorning umumiy auditorlik xatarini oshishiga sababchi bo‘ladi. 
Xatolarni topa olmaslikdan vujudga keladigan xatar (DR) deganda auditor 
tomonidan o‘tqazilgan auditorlik teshiruvida mavjud xatolarni topa olmaganligidan kelib 
chiqadigan xatar tushuniladi. Auditor isbot va dalillarni qanchalik kam to‘plasa, ushbu 
xatarning darajasi shunchalik yuqori bo‘ladi, mos ravishda auditorning umumiy 
auditorlik xatari darajasi ham shunchalik yuqori bo‘ladi. Auditor isbot va dalillarni
qanchalik ko‘p to‘plasa, xatolarni topa olmaslikdan vujudga keladigan uning xatari 
shunchalik past bo‘ladi.
Xatolarni topa olmaslikdan vujudga keladigan xatar darajasini umumiy auditorlik 
xatarining belgilangan darajasi, shuningdek ichki xo‘jalik xatari va nazorat tizimi 
xatarining belgilangan darajalaridan kelib chiqgan holda yuqorida keltirilgan matematik 
model bo‘yicha quyidagicha topish mumkin: 
 
DR = AR / IR *CR 
 
Misol. Aytaylik auditor dastlabki kuzatishda foyda solig‘i hisob-kitobi bo‘yicha 
xatar darajalarini taxminan quyidagicha baholadi: IR – 80 %, CR –70%, AR –1 %. 
Ushbu holda DR = 0,01 / 0,8 * 0,7 = 0,018 ya’ni umumiy auditorlik xatari o‘rtacha 
1,8 % ni tashkil etadi. Aytaylik, korxona o‘rtacha bir yilda 10 mln. so‘m miqdorida 
foyda solig‘i to‘lovchi deb hisoblasak, auditorning tekshirish oldidan belgilagan umumiy 
xatari ushbu soliqni tekshirishda 180 ming so‘mgacha xatoga yo‘l qo‘yish ehtimolini 
bildiradi. Demak, DR – xatoni topa olmaslik ehtimoli qanchaliq katta bo‘lsa, noto‘g‘ri 
xulosa berish ehtimoli shunchalik bqori bo‘ladi. IR va CR darajalarini auditor qanchalik 
katta belgilasa, ya’ni ularga qanchalik ko‘p ishonchsizlik bilan qarab, isbotlar sonini 
oshirsa, AR ning belgilangan darajasi 1 foizdan oshmasa, xatoni topmaslik ehtimoli 
shunchalik kam bo‘ladi, bu -ishonchli auditorlik xulosasiga erishish mumkin degani.
Auditorlik xatarlarining turlari bir-birlari bilan uzviy bog‘liq hisoblanadi. Ularning
darajalarini to‘g‘ri baholash auditor tomonidan to‘plashi lozim bo‘lgan isbot va 
dalillarning sonini, ya’ni uning ish hajmini, to‘g‘ri aniqlashga imkon beradi. Auditorlik 
isboti sonlarining auditorlik xatari turlari darajasi bilan aloqalarini quyidagicha ifodalash 
mumkin: 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


254 

Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   302




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin