5.2. Auditning tashkiliy asoslari Auditni tashkil etishni shartli ravishda quyidagi to‘rtta bosqichga bo‘lish mumkin:
Bosqich Bosqichning nomi va unda amalga oshiriladigan ishlar 1- bosqich Auditni boshlashga qadar bo‘lgan bosqich. Ushbu bosqichda
quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
•
audit o‘tqazuvchi sub’ektning yozma buyurtmasi qabul qilinadi; •
audit o‘tqazuvchi sub’ektga audit o‘tqazishga auditor yuborilib, audit o‘tqazuvchi sub’ekt, uning hisob va hisobotining dastlabki holati o‘rganiladi, auditning ob’ektlari, ish hajmi, auditorlik xatarining darajasi belgilanadi; •
audit o‘tqazuvchi sub’ekt nomiga audit o‘tqazish majburiyatini olish to‘g‘risida rozilik xati tayyorlanadi,ushbu xatda audit o‘tqazish bo‘yicha shartlar, jumladan auditorlik xatari darajasi, ko‘rsatiladi; •
audit o‘tqazish bo‘yicha shartlar o‘zaro kelishilgandan so‘ng audit o‘tqazish to‘g‘risida shartnoma tuziladi; •
auditning dasturi tuziladi va uni o‘tqazish grafigi belgilanadi. •
Auditorlar o‘rtasida funksional majburiyatlar o‘zaro taqsimlanadi, ularga yordamchilar belgilanadi. 2- bosqich Auditorlik tekshiruvini o‘tqazish bosqichi. Ushbu bosqichda
tasdiqlangan dasturga muvofiq audit ob’ektlari tanlangan
usullarda tekshirishdan o‘tqaziladi
3-bosqich Auditorlik tekshiruvi natijalarini jamlash va rasmiylashtirish bosqichi. Ushbu bosqichda auditorlik
tekshiruvi ma’lumotlari (isbotlari) har bir ob’ekt bo‘yicha
jamlanadi. Ma’lumotlar (isbotlar) jadvallar ko‘rinishida
jamlanadi. Barcha ma’lumotlar (isbotlar) jamlangach, yozma
auditorlik hisoboti tayyorlanadi. Auditorlik hisobotida barcha
kamchiliklar ko‘rsatiladi va ularni bartaraf etish bo‘yicha
tavsiyalar beriladi.