3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf



Yüklə 1,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə269/302
tarix08.05.2023
ölçüsü1,11 Mb.
#109332
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   302
K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va

auditor yordamchisi –bu kvalifikatsiya sertifikatiga ega bo‘lmagan, audit 
tekshiruviga auditor topshirig‘i bilan qatnashgan, lekinda auditorlik hisobotiga, auditorlik 
xulosasiga, auditorning ekspert xulosasiga imzo chekish huquqiga ega bo‘lmagan 
jismoniy shaxs. Auditorlarning yordamchilari auditorlik tashkilotiga mehnat shatnomalari 
asosida ishga olinadi. Ularning yordamchi sifatida ishlagan vaqtlari auditorlik 
kvalifikatsion sertifikatini olish uchun zarur bo‘lgan ish stajiga qo‘shiladi. Auditorlarga 
tegishli bo‘lgan ma’lumotlarni sir saqlash talabi auditorlarning yordamchilariga ham 
to‘liq taalluqlidir.
Auditorlik tashkilotlari Qonunga muvofiq (6-modda) quyidagi huquqlarga ega: 

auditorlik tekshiruvini o‘tqazish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun xo‘jalik 
yurituvchi sub’ektning ta’sis hujjatlari hamda buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot 
bilan oldindan tanishib chiqish; 

auditorlik tekshiruvi o‘tqazilayotganda xo‘jalik yurituvchi sub’ekt amalga 
oshirayotgan moliyaviy xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq hujjatlarni to‘liq xajmda olish
shuningdek ushbu hujjatlarda hisobga olingan har qanday mol-mulkning va 
majburiyatlarning amaldagi holatini tekshirish; 

auditorlik tekshiruvini o‘tqazish davomida yuzaga kelgan masalalar bo‘yicha 
xo‘jalik yurituvchi sub’ektning moddiy javobgar shaxslaridan og‘zaki va yozma 
tushuntirishlar olish hamda auditorlik tekshiruvi uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha 
ma’lumotlarni olish; 

uchinchi shaxslar tomonidan yozma tasdiqlangan axborotlarni xo‘jalik yurituvchi 
sub’ektdan olish; 

ishonchli auditorlik xulosasini tuzish uchun zarur bo‘lgan barcha axborotlarni 
xo‘jalik yurituvchi tomonidan taqdim etilmagan taqdirda auditorlik tekshiruvini 
o‘tqazishdan bosh tortish; 

auditorlik tekshiruvini o‘tqazishda ishtirok etishga auditorlarni va boshqa 
mutaxassislarni belgilangan tartibda jalb etish va boshqalar. 
Auditorlik faoliyati to‘g‘risida Qonunga (7-modda) muvofiq auditorlik tashkilotlari 
faqat auditorlik faoliyati bilan shug‘ullanishlari lozim, ushbu faoliyatni yuritishda ular 
o‘z zimmalariga quyidagi majburiyatlarni olishlari kerak: 

qonun hamda qonun hujjatlari talablariga rioya etishlari; 

auditorlik tekshiruvi o‘tqazilayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektga tegishli 
litsenziyani, hamda auditor (auditorlar)ning malaka sertifikatini taqdim etishlari; 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


248 

olingan va to‘plangan axborotlarning maxfiyligiga rioya etishlari; 

auditorlik hisobotida moliyaviy-xo‘jalik operatsiyalarining qonuniyligi buzilish 
hollarini hamda ularni bartaraf etish yuzasidan takliflarni aks ettirishlari; 

mansabdor shaxslar va xodimlar tomonidan yetqazilgan zararlar aniqlangan 
taqdirda bu haqda xo‘jalik yurituvchi sub’ekt raxbariyatini (mulkdorni) xabardor qilish
ushbu dalillarni auditorlik hisobotida qad etish, zarur hollarda auditorlik tekshiruvi 
natijalarini 
ma’lum 
qilish 
uchun 
qonun 
hujjatlarida 
belgilangan 
tartibda 
qatnashchilarning (aksiyadorlarning) umumiy yig‘ilishini chaqirilishini talab qilishlari va 
boshqalar.
Auditorlik tekshiruvidan har yili o‘tqazilgan, oxirgi ikki yil uchun ularning har 
biriga ijobiy auditorlik xulosalariga ega bo‘lgan va byudjet oldida boqimandalik qarziga 
ega bo‘lmagan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 2000 yil 22 sentyabrdagi 365-son qarori bilan tasdiqlangan «Auditorlik 
xulosalarini soliq organlari va boshqa nazorat organlari tomonidan hisobga olish tartibi 
to‘g‘risida Nizom»ga muvofiq oxirgi tekshirish o‘tqazilgandan keyin kamida 24 oydan 
oldin soliq organlari va boshqa nazorat organlari tomonidan tekshirilmaydi. Bu o‘z 
navbatida auditorlik tashkilotlariga katta ma’suliyatni va javobgarlikni yuklaydi. 
Yuqorida nomi zikr etilgan Nizomga asosan soliq va boshqa nazorat organlari tomonidan 
belgilangan tartibda o‘tqazilgan tekshirishlarda auditorlik xulosasining xo‘jalik 
yurituvchi sub’ekt moliyaviy xo‘jalik faoliyati natijalariga muvofiq emasligi aniqlangan 
taqdirda, ushbu auditorlik xulosasi noto‘g‘ri deb hisoblanadi, shuningdek auditorlik 
tashkiloti, uning auditori (auditorlari) qonunda nazarda tutilgan javobgarlikka tortiladi. 
Ushbu javobgarlik auditorlik tekshiruvi o‘tqazilgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektga soliq va 
majburiy to‘lovlarni noto‘g‘ri hisob-kitob qilinganligidan yetqazilgan zararlarni qoplap 
berish, litsenziya faoliyatini vaqtinchalik to‘xtatish, uni bekor qilish, auditorlarni malaka 
sertifikatini bekor qilish, ataylab qilingan holatlar uchun qonun doirasida jinoiy 
javobgarlikga tortishgacha jazo choralarini qo‘llashdan iborat. 
Auditorlik tashkilotlari Qonunga muvofiq (17-modda) auditorlik tekshiruvidan 
tashqari mijozlarga kasbiy xizmatlarni (hisobni yuritib berish, uni tiklash, soliq hisob-
kitoblarini tuzib berish, moliyaviy xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish, maslahatlar berish va 
boshqalar) ko‘rsatishlari ham mumkin. Ushbu kasbiy xizmatlarni qonun doirasida to‘g‘ri 
o‘tqazilganligiga 
auditorlik 
tashkilotlari 
xuddi 
auditorlik 
tekshiruvi 
singari 
javobgardirlar.
Qonunga muvofiq (16-modda) auditorlik tashkilotlari kasbiy xizmatlar ko‘rsatgan
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga bir vaqtning o‘zida auditorlik tekshiruvini ham o‘tqazib 
berishlari mumkin emas. Bundan tashqari, Qonunning 16-moddasiga muvofiq auditorlik 
tekshiruvini o‘tqazishda boshqa ma’lum cheklovlar ham mavjud, jumladan auditorlik 
tekshiruvini o‘tqazayotgan auditor (auditorlar) xo‘jalik yurituvchi sub’ektning raxbarlari 
va boshqa mansabdor shaxslari bilan yaqin qarindosh bo‘lmasligi, ushbu xo‘jalik 
yurituvchi sub’ektda mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy manfaatlarga ega bo‘lmasligi, davlat 
hokimiyati va boshqaruv organlarining, shuningdek, xo‘jalik boshqaruv organlarining 
mansabdor shaxslari bo‘lmasligi, aynan tekshirish o‘tqazilayotgan korxonaning xodimi
mulk ishtirokchisi, aksiyadori bo‘lmasligi lozim. 
Auditning huquqiy-me’yoriy hujjatlari ichida auditorlik faoliyati bo‘yicha ishlab 
chiqilgan milliy standartlar (AFMS) ham katta ahamiyat kasb etadi. AFMS lar
«Auditorlik faoliyati to‘g‘risida Qonun» asosida ishlab chiqilib, auditning u yoki bu 
jihatlarini, uni o‘tqazish tartiblari, usul va uslublari, auditorlarning harakatlari va boshqa 
tomonlarini amaliyotga tadbiq etishda asos bo‘ladigan me’yoriy hujjatlardir. AFMS lar 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


249 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va Adliya 
Vazirligidan ro‘yxatga o‘tgan sanadan 10 kundan keyingi sanadan boshlab kuchga 
kiritiladi. Respublikamizda oxirgi 4 yilda quyidagi AFMSlar qabul qilingan va 
amaliyotda qo‘llanilmoqda: 

Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   302




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin