Nazorat tizimi xatari (CR) – bu auditorning korxonada mavjud ichki nazorat
tizimining mavjud holatiga, uning ta’sirchanligiga bergan bahosidan kelib chiqadigan
xatar. Ichki nazorat tizimining mavjudligi, uning haqiqatda kuchli ta’sirining borligi,
samarali faoliyat ko‘rsatayotganligi auditorning xulosada kam xato qilishining muhim
omili hisoblanadi. Nazorat tizimi xatarini past darajada belgilanishi, albatta, auditor
tomonidan yig‘iladigan isbotlar sonini kamayishiga olib keladi, bu o‘z navbatida
auditorning umumiy auditorlik xatarini oshishiga sababchi bo‘ladi.
Xatolarni topa olmaslikdan vujudga keladigan xatar (DR) deganda auditor
tomonidan o‘tqazilgan auditorlik teshiruvida mavjud xatolarni topa olmaganligidan kelib
chiqadigan xatar tushuniladi. Auditor isbot va dalillarni qanchalik kam to‘plasa, ushbu
xatarning darajasi shunchalik yuqori bo‘ladi, mos ravishda auditorning umumiy
auditorlik xatari darajasi ham shunchalik yuqori bo‘ladi. Auditor isbot va dalillarni
qanchalik ko‘p to‘plasa, xatolarni topa olmaslikdan vujudga keladigan uning xatari
shunchalik past bo‘ladi.
Xatolarni topa olmaslikdan vujudga keladigan xatar darajasini umumiy auditorlik
xatarining belgilangan darajasi, shuningdek ichki xo‘jalik xatari va nazorat tizimi
xatarining belgilangan darajalaridan kelib chiqgan holda yuqorida keltirilgan matematik
model bo‘yicha quyidagicha topish mumkin:
DR = AR / IR *CR
Misol. Aytaylik auditor dastlabki kuzatishda foyda solig‘i hisob-kitobi bo‘yicha xatar darajalarini taxminan quyidagicha baholadi: IR – 80 %, CR –70%, AR –1 %. Ushbu holda DR = 0,01 / 0,8 * 0,7 = 0,018 ya’ni umumiy auditorlik xatari o‘rtacha
1,8 % ni tashkil etadi. Aytaylik, korxona o‘rtacha bir yilda 10 mln. so‘m miqdorida
foyda solig‘i to‘lovchi deb hisoblasak, auditorning tekshirish oldidan belgilagan umumiy
xatari ushbu soliqni tekshirishda 180 ming so‘mgacha xatoga yo‘l qo‘yish ehtimolini
bildiradi. Demak, DR – xatoni topa olmaslik ehtimoli qanchaliq katta bo‘lsa, noto‘g‘ri
xulosa berish ehtimoli shunchalik bqori bo‘ladi. IR va CR darajalarini auditor qanchalik
katta belgilasa, ya’ni ularga qanchalik ko‘p ishonchsizlik bilan qarab, isbotlar sonini
oshirsa, AR ning belgilangan darajasi 1 foizdan oshmasa, xatoni topmaslik ehtimoli
shunchalik kam bo‘ladi, bu -ishonchli auditorlik xulosasiga erishish mumkin degani.
Auditorlik xatarlarining turlari bir-birlari bilan uzviy bog‘liq hisoblanadi. Ularning
darajalarini to‘g‘ri baholash auditor tomonidan to‘plashi lozim bo‘lgan isbot va
dalillarning sonini, ya’ni uning ish hajmini, to‘g‘ri aniqlashga imkon beradi. Auditorlik
isboti sonlarining auditorlik xatari turlari darajasi bilan aloqalarini quyidagicha ifodalash
mumkin:
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com