3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf



Yüklə 1,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə273/302
tarix08.05.2023
ölçüsü1,11 Mb.
#109332
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   302
K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va

Audit bo‘yicha ish hajmi . Auditorlik tekshiruvida auditorlar tomonidan 
bajariladigan ishning hajmi auditorlik tekshiruvining turiga, ob’ektlar soniga, 
operatsiyalar va ular bo‘yicha tuzilgan boshlang‘ich hujjatlar soniga, hisobni yuritish
holati va usullariga, soliq to‘lovlari tarkibiga va boshqalarga qarab taxminlanadi. Ish 
hajmini har bir tekshiruv ob’ektiga sarflanishi mumkin bo‘lgan kunlar soniga qarab ham
belgilash mumkin. 
Auditorlik xatari – bu auditorlarning o‘zlariga bog‘liq va bog‘liq bo‘lmagan
sabablarga qo‘ra moliyaviy hisobotning to‘g‘riligi bo‘yicha auditorlik xulosasini berishda
yo‘l qo‘yishi mumkin bo‘lgan xatolarining baholangan miqdori. Ushbu xatolarning 
miqdori,odatda,foizlarda ifodalanadi, uni so‘mlarda ham ifodalash mumkin. Auditorlik 
xatarining darajasi auditor tomonidan dastlabki kuzatuvni o‘tqazish vaqtida aniqlanadi. 
9-son AFMS «Auditorlik isboti va xatari» ga muvofiq dastlabki kuzatish vaqtida 
baholanadigan umumiy auditorlik xatarining darajasi quyidagi umum qabul qilingan 
matematik model yordamida topiladi: 
AR = IR * CR * DR 
Bu yerda: AR (audit risk) – umumiy auditorlik xatarining darajasi, ya’ni
moliyaviy hisobotga noto‘g‘ri xulosa berish
ehtimoli; 
IR (inherent risk ) – ichki xo‘jalik xatarining darajasi, ya’ni
hisobdagi xatolar ehtimoli; 
CR ( control risk ) – nazorat tizimi xatari darajasi, ya’ni ichki
nazorat tizimining samarasizlik ehtimoli;
DR (detection risk ) -xatolarni topa olmaslikdan vujudga keladigan
xatar darajasi, ya’ni xatoni topa olmaslik
ehtimoli
Ichki xo‘jalik xatari (IR) deganda xo‘jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy 
hisobotiga ishonchsizlikni tug‘diradigan ichki xo‘jalik omillaridan vujudga keladigan 
xatar tushuniladi. Bunday xatar, masalan, bosh buxgalterni yoki buxgalterlarni hisobot 
yilida ko‘p marotaba o‘zgartirilganligidan, ularni malakasini pastligidan, me’yoriy 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


253 
hujjatlar bilan ta’minlanganlikning past darajasidan, buxgalteriya xodimlari o‘rtasida 
funksional majburiyatlarni taqsimlanmaganligidan, ish jarayonlaridagi doimiy uzilishlar 
va xodimlarning majburiy qo‘shimcha ta’tillarga chiqarib yuborilganligidan, ish haqini 
o‘z 
vaqtida 
berilmayotganligidan, 
sotish 
hajmini 
o‘tgan 
yillarga 
nisbatan 
kamayganligidan va boshqa hollardan kelib chiqadi. Ushbu xatarni auditor qanchalik past 
darajada belgilasa, u shunchalik xulosa qilishda ko‘p xatoga yo‘l qo‘yishi mumkin, bu 
bilan u o‘zining umumiy auditorlik xatari darajasini kam belgilagan hisoblanadi. Ichki 
xo‘jalik xatari darajasi qanchalik yuqori deb belgilansa, auditorlik isbotini talab qiladigan 
dalillarni yig‘ish soni shunchalik ko‘p bo‘lishi lozim. Faqatgina auditorlik isbotini ko‘p 
yig‘ib, auditor o‘z xatosini minimumga yetqazishi mumkin. 

Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   302




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin