252
Audit o‘tqazuvchi sub’ektning yozma buyurtmasi – bu xo‘jalik yurituvchi
sub’ektning auditorlik tashkilotiga bergan rasmiy xati –murojaatnomasi bo‘lib, unda
qaysi
hisobot davri uchun, qanday ob’ektlar bo‘yicha auditning aniq turini o‘tqazib
berish bo‘yicha shartnoma tuzish so‘raladi. Yozma buyurtma buyurtmachi korxonaning
rahbari tomonidan imzolanadi.
Buyurtmachida o‘tqaziladigan dastlabki kuzatishlar. Bunday
kuzatishni
auditorlik tashkilotining rahbari yoki uning vakil etib yuborgan auditori amalga oshiradi.
Dastlabki kuzatishda korxonaning ta’sis hujjatlari o‘rganib chiqiladi,
uning yuridik
statusining to‘liqligi aniqlanadi, bosh kitob va moliyaviy hisobot ma’lumotlari dastlabki
vizual nazoratdan o‘tqaziladi. Korxonaning moliyaviy xo‘jalik faoliyati ko‘rsatkichlari,
jumladan bankrotlik belgilari o‘rganiladi, operatsiyalar va ularga
tegishli hujjatlarning
soni va xajmi aniqlanadi. Hujjatlarning sifati, ularning ma’lumotlarini
hisob
ma’lumotlari bilan uyg‘unligi tanlab tekshiriladi. Korxonada ichki nazorat tizimining
mavjudligi, uning ta’sirchanligi baholanadi. Bu kuzatishlar audit tekshiruvi bo‘yicha ish
xajmini
aniqlashga, auditorlik xatarining darajasini belgilashga,
shuningdek ish
qiymatini kelishishga asos bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: