3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf


Asosiy vositalarni ko‘payishining hisobi



Yüklə 1,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/302
tarix08.05.2023
ölçüsü1,11 Mb.
#109332
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   302
K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va

 
4.1.2. Asosiy vositalarni ko‘payishining hisobi. 
 
Asosiy vositalar yangi kapital investitsiyalarni kiritish, ularni bepul kelib tushishi, 
ta’sis badali sifatida kirim qilinishi evaziga ko‘payishi, shuningdek ularning boshlang‘ich 
qiymati qayta baholash hisobidan oshishi mumkin. 
Kapital investitsiyalar – bu yangi ob’ektlarni qurishga, eski ob’ektlarni 
kengaytirish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilishga, shuningdek yangi asosiy 
vositalarni sotib olishga sarflangan mablag‘lar majmuasi. O‘zbek tili lug‘atida bu 
so‘zning «kapital qo‘yilmalar» nomli sinonimi ham mavjud. 
Xalqaro standartlarda va O‘zbekiston Respublikasining milliy standartlarida 
(BHMS № 5, 17) bu harakterdagi harajatlar asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymatini 
ko‘paytiradigan harajatlar deb tan olinadi. 
Kapital investitsiyalar harakteriga ko‘ra ichki investitsiya hisoblanadi, ular 
bevosita korxonaning qudratini oshirishga yo‘naltirilgan mablag‘lardir. 
Kapital investitsiyalar ikki usulda amalga oshirilishi mumkin: pudrat usulida va 
xo‘jalik usulida. 
Pudrat usulidagi kapital investitsiyalar 17 – son BHMS «Kapital qurilishga doir 
pudrat shartnomalari» ga muvofiq pudratchi, ya’ni qurib beruvchi, va buyurtmachi 
o‘rtasida tuziladigan pudrat shartnomasi asosida amalga oshiriladi. Pudratchi 
shartnomaga muvofiq yangi ob’ektni qurish, mavjud ob’ektlarni kengaytirish, 
rekonstruksiya yoki modernizatsiya qilish kabi ishlarni bajaradi. Buyurtmachi esa 
shartnomada ko‘rsatilgan bajarilgan ishlar uchun pudratchiga haq to‘laydi. Bajarilgan 
ishlar bosqichma–bosqich yoki to‘lig‘icha komissiya tomonidan qabul qilinishi mumkin. 
Bosqichma-bosqich usulda pudratchi ishning tugatilgan qismini qabul qilish-topshirish 
dalolatnomalariga asosan buyurtmachiga topshiradi. To‘lig‘icha usulda shartnomada 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


61 
ko‘rsatilgan ish to‘lig‘icha bajarilgandan so‘ng qabul qilish-topshirish dalolatnomasi 
bilan rasmiylashtiriladi. Birinchi usulda buyurtmachi uchun ishning qabul qilingan 
bosqichi qiymati, ikkinchi usulda esa to‘lig‘icha qabul qilingan ish qiymati kapital 
investitsiya summasini tashkil etadi. 

Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   302




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin