3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf


Xo‘jalik usulidagi kapital investitsiyalar



Yüklə 1,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/302
tarix08.05.2023
ölçüsü1,11 Mb.
#109332
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   302
K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va

Xo‘jalik usulidagi kapital investitsiyalar korxonaning o‘z kuchi bilan amalga 
oshirilgan yangi qurilish, kengaytirish, rekonstruksiya yoki modernizatsiya ishlarining 
qiymatidan tashkil topadi. Bu usulda barcha ishlar korxonaning maxsus balansga 
ajratilmagan qurilish guruhi yoki bo‘limi tomonidan tasdiqlangan loyiha va harajat 
smetalariga muvofiq amalga oshiriladi. Bajarilgan ish xuddi pudrat usulidagidek 
bosqichma-bosqich yoki to‘lig‘icha komissiya tomonidan qabul qilinadi va tegishli 
dalolatnomalar bilan rasmiylashtiriladi. 
Pudrat yoki xo‘jalik usulida amalga oshirilgan kapital investitsiyalarning hisobi 
schyotlar rejasida ko‘zda tutilgan № 0800 «Kapital qo‘yilmalar hisobi schyotlari» 
yordamida hisobga olinadi. 21-son BHMSda asosiy vositalarga doir kapital 
investitsiyalarni hisobga olish uchun qo‘yidagi schyotlar ko‘zda tutilgan: 

0810 «Tugallanmagan qurilish» 

0820 «Asosiy vositalarni sotib olish» 

0840 «Asosiy podani shakllantirish» 

0890 «Boshqa kapital qo‘yilmalar» 
 
0810 «Tugallanmagan qurilish» schyoti pudrat va xo‘jalik usullarida olib borilgan 
yangi qurilishga sarflangan kapital investitsiyalarning hisobi uchun mo‘ljallangan. Uning 
debetida sarflangan kapital qo‘yilmalar to‘g‘risida ma’lumotlar jamlanadi, kreditida esa 
kapital investitsiya summasini asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymatiga kiritilishi aks 
ettiriladi. Schyotning qoldig‘i faqat debet tomonida bo‘lib, u tugallanmagan qurilishga 
to‘g‘ri keladigan kapital qo‘yilmalar summasini ko‘rsatadi. 
0820 «Asosiy vositalarni sotib olish» schyoti korxonaning yangi asosiy vositalarni 
sotib olishga yo‘naltirgan kapital investitsiyalarini hisobga olishga mo‘ljallangan. Ushbu 
schyotning debetida ta’minotchidan qabul qilingan asosiy vositaning qiymati, shuningdek
uni tashib keltirish, o‘rnatish, montaj qilish va boshqa harajatlari aks ettiriladi, kreditida 
esa schyotning debetida to‘plangan summani asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymatiga 
kiritilishi ko‘rsatiladi. Debet va kredit oborotlari summalari teng bo‘lganligi uchun bu 
schyot saldoga ega bo‘lmaydi. 

Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   302




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin