3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf


Asosiy vositalarni baholash



Yüklə 1,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/302
tarix08.05.2023
ölçüsü1,11 Mb.
#109332
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   302
K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va

Asosiy vositalarni baholash. BHMS № 5 asosiy vositalarni baholashda qo‘yidagi 
qiymat turlaridan foydalanishni kuzda tutadi. 
Boshlang‘ich qiymatbu asosiy vositalarning hisob qiymati bo‘lib, o‘z ichiga 
sotib olish bahosi, shuningdek tashib keltirish, o‘rnatish, montaj, o‘rgatish, safar, bojxona 
harajatlarini va qo‘shilgan qiymat solig‘ini oladi. Asosiy vositalar ushbu qiymati 
bo‘yicha korxonada butun xizmat muddati davrida hisobda turadi. 
Tiklangan qiymatbu asosiy vositalarning qayta baholash, kengaytirish, 
rekonstruksiya va modernizatsiya qilingandan keyingi qiymati. Bu qiymat vaqtinchalik 
bo‘lib, qo‘shimcha qilingan harajatlar va qayta baholash natijasi asosiy vositalar 
qiymatiga kiritilgach boshlang‘ich qiymat bo‘lib qolaveradi. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


59 
Qoldik qiymat – bu asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati va jamlangan eskirish 
summasi o‘rtasidagi farqi. Bu qiymatni balans qiymati ham deb ataydilar, chunki aynan 
shu qiymatda asosiy vositalar korxonaning balansida aks ettiriladi. 
Sotish qiymati – bu asosiy vositalarning sotish vaqtida sotuvchi va sotib oluvchi 
o‘rtasida kelishilgan shartnomaviy qiymat. 
Asosiy vositalar bo‘yicha buxgalteriya hisobining asosiy vazifalari bo‘lib 
quyidagilar hisoblanadi: 

Asosiy vositalar holati va harakatini to‘g‘ri, o‘z vaqtida tegishli boshlang‘ich 
hujjatlar bilan rasmiylashtirish va hisobga olish

Asosiy vositalar amortizatsiyasi (eskirishi) ni belgilangan usul va me’yorlar 
bo‘yicha to‘g‘ri hisoblash; 

Asosiy vositalarni Soliq Kodeksiga muvofiq soliqga tortilishini ta’minlash; 

Asosiy vositalarning butligini ta’minlash, buning uchun ularni belgilangan 
muddatlarda qayta ro‘yxatdan o‘tqazish (inventarizatsiya qilish), uning natijalarini to‘g‘ri 
aniqlash va hisobga olish

Mavjud asosiy vositalardan unumli foydalanish, buning uchun ularni ishsiz turib 
qolishlariga yo‘l qo‘ymaslik, keraksiz asosiy vositalarni ijaraga berish, likvidatsiya 
kilish, bepul berish yoki sotish natijalarini to‘g‘ri hisobga olish; 

Asosiy vositalarga qilingan qo‘shimcha harajatlarni (kapital quyilmalarni, joriy va 
kapital ta’mirlash harajatlarini) to‘g‘ri hisobga olish, ularni o‘z vaqtida maqsadiga qarab 
asosiy vositalarning qiymatiga yoki korxona harajatlariga kiritish; 

Asosiy vositalar bo‘yicha lizing operatsiyalarini to‘g‘ri rasmiylashtirish va hisobga 
olish; 

Asosiy vositalar holati va harakati to‘g‘risidagi hisobotni to‘g‘ri tuzish va tegishli 
organlarga o‘z vaqtida taqdim etish. 

Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   302




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin