««xalqaro audit»



Yüklə 1,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/61
tarix08.05.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#109379
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   61
««xalqaro audit»1

puxta bilimga egalik (kompetentlilik).
Standartlashtiriladigan har bir ob’ekt bo’yicha 100 ta raqam (pozitsiya) 
berilgan. Standartlash ob’ektlari 11 ta bo’lgani uchun jami 1100 standart ishlab 
chiqilishi mumkin. Amaliyotda bunday miqdordagi standartlar uchun ehtiyoj 
bo’lmaganligi sababli ularning ko’pchiligidan foydalanilmaydi. Masalan, 
«Rejalashtirish» (300-399) deb nomlangan standartlash ob’ekti uchta standartdan 
iborat: 300-«Rejalashtirish», 310-«Biznesni bilish», 320-«Auditda jiddiylik». Demak, 
rejalashtirish masalalari bo’yicha yana 7 ta standart qabul qilish mumkin. Bundan 
tashqari, har bir standartga 10 tagacha substandart ochish mumkin. Bizga ma’lum 
bo’lgan manbalar asosida Auditning Xalqaro Standartlarini va ularning qisqacha 
mazmunini quyidagi jadval ko’rinishida keltiramiz.
Ushbu standartlar xalqaro miqyosda auditorlik faoliyatining sifati va mavqeini 
oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu standartlar va me’yorlar bir qancha 
sohalar bo’yicha ishlab chiqiladi: 
a) audit bo’yicha xalqaro me’yorlar; 
b) boshqaruv hisobining xalqaro amaliy qoidalari; 
v) jamoat sektori bo’yicha xalqaro me’yorlar. 
IFAC hisob va auditga doir barcha faoliyatini o’zining komitetlari orqali tashkil 


38 
etadi va amalga oshiradi. Hozirgi vaqtda bular jumlasiga: auditorlik amaliyoti 
bo’yicha komitet, o’qitish bo’yicha komitet, etika (axloq) bo’yicha komitet, 
moliyaviy hisob va boshqaruv hisobi bo’yicha komitet, rejalashtirish bo’yicha 
komitet, jamoat sektori bo’yicha komitet va boshqalar kiradi. 
Butun dunyo auditorlari mazmunan o’xshash ishni bajarsalarda, har bir 
mamlakatda auditorlik faoliyatini tashkil etish o’zining milliy xususiyatlariga ega 
bo’lishi mumkin. Auditorlik faoliyatining xalqaro standartlari va me’yorlari esa u 
yoki bu mamlakatning milliy standartlari va me’yorlarini bekor qilmaydi. 
Ko’plab mamlakatlar (O’zbekiston 1999 yildan boshlab) o’zlarining milliy 
standartlarini va boshqa me’yoriy hujjatlarini ishlab chiqmoqdalar. Ular IFACning 
asosiy talablarini ta’minlash zaruratiga yo’naltirilgan o’z auditorlik uslubiyatiga ega. 
Standartlar boshqa normativ hujjatlar kabi quyidagi rekvizitlardan tashkil 
topadi: standart nomeri, amalga kiritilish sanasi, standartning qo’llanish sohasi, 
muammo tahlili va boshqalar. 
Auditorlik standartlari 4 xil bo’ladi: 
1. 
Auditning umumiy standartlari; 
2. 
Auditning ishchi standartlari; 
3. 
Hisobot standartlari; 
4. 
Maxsus standartlar. 
Auditning umumiy standartlariga quyidagilar kiradi: 
Auditning asosiy tamoyillari 
Moliyaviy hisobotlar auditining maqsadi va hajmi 
Auditni o’tkazishga rozilik haqida auditorlik tashkilotining xat-majburiyatidir. 
Auditning ishchi standartlariga quyidagilar kiradi: 
Auditni rejalashtirish 
Auditorlik isbotlash 
Auditni hujjatlashtirish 
Audit davomida buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimini o’rganish va 
baholash 
Buxgalteriya hisobotida o’zgarishlar bo’lganida auditorning hatti-harakati 


39 
Ekspert xizmatidan foydalanish 
Auditorlik tanlash 
Audit o’tkazish natijalari bo’yicha iqtisodiy sub’ekt rahbariga auditorning 
yozma axboroti. 
Hisobot standartlariga quyidagilar kiradi: 
Moliyaviy hisobotni tekshirganligi xususida auditorlik hisoboti 
Buxgalteriya hisoboti to’g’risida auditorlik xulosasini tuzish tartibi 
Auditorlik xulosasini imzolash sanasi va buxgalteriya hisoboti tuzilgan va 
taqdim qilingandan keyingi sanadan yuz beradigan voqealarni aks ettirish. 
Maxsus standartlarga quyidagilar kiradi: 
Bank auditi bo’yicha maxsus standartlar 
Sug’urta faoliyati auditi bo’yicha maxsus standartlar 
Bojxona auditi bo’yicha maxsus standartlar. 
Bu standartlarda auditorlik tekshiruvini o’tkazish hamda auditorlik xulosasini 
tuzishning asosiy qoidalari ifodalanadi. Bular yordamida auditor auditorlik 
tekshiruvining hajmi va ko’lamini, shuningdek, muayyan uslubini tanlashi mumkin. 
Shu bilan birgalikda audit standartlari auditorlik tekshiruvi sifatini baholovchi mezon 
bo’lib xizmat qiladi.

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin