««xalqaro audit»


 Ma’lumotlarning kompyuter ishlovi sharoitida audit



Yüklə 1,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/61
tarix08.05.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#109379
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   61
««xalqaro audit»1

7.6. Ma’lumotlarning kompyuter ishlovi sharoitida audit 
Auditorlik tashkilotlarida audit ishlarining samaradorligini oshirish hamda 
vaqtni tejash maqsadida informatsion texnologiyalardan keng foydalanilmoqda. 
Ushbu shaklning bir qancha afzalliklari mavjud: 
- buxgalteriya 
hisobi 
hujjatlari 
va 
auditning 
ishchi 
hujjatlaridagi 
ma’lumotlarni qayta ishlashni tezlashtiradi; 
- iqtisodiy ma’lumotlarni qayta ishlashda band bo’lgan xodimlar sonini 
qisqartiradi hamda mehnat unumdorligini oshiradi; 
- audit ishlarida aniqlik va izchillikni ta’minlaydi; 


111 
- audit ishlarini yuritish bilan bog’liq xarajatlarni kamaytiradi. 
Elektron hisoblash mashinalari hozirgi vaqtda hisob-kitob ishlarini amalga 
oshirishda qo’llanilishi bilan birga hisob ma’lumotlarini yig’ish, ularni qayta ishlash, 
jamlama va tahliliy hisob registrlarini tuzish, hisobot shakllarini to’ldirish, auditorlik 
ishchi hujjatlarini yuritish, auditorlik xulosalari va hisobotlarini to’lg’azish va boshqa 
bir qancha ishlarni bajarishda keng qo’llanilmoqda. Amaliyotda kompyuterlardan 
keng foydalanish buxgalteriya hisobi va auditni tashkil qilishning yangi usullarini 
vujudga keltirdi.
Hozirgi bosqichda audit vazifalarini axborot texnologiyasi asosida 
markazlashtirilgan holda tashkil qilish quyidagilarni ta’minlaydi: 
- foydalanuvchining ish joyida o’rnatilgan kompyuterlarni qo’llash, bu erda 
vazifalarni echish auditor tomonidan bevosita uning ish joyida bajariladi; 
- auditorlik tashkilotining iqtisodiy vazifalarini integratsiyalangan holda ishlab 
chiqilishini ta’minlovchi mahalliy va ko’p bosqichli hisoblash tarmoqlarini 
shakllantirish; 
- hisoblash texnikasida bajariladigan auditorlik hisoblashlar tarkibini 
ko’paytirish; 
- auditorlik kompaniyasi uchun korxonaning yagona taqsimlangan ma’lumotlar 
bazasini yaratish; 
- qog’ozsiz texnologiyalarga o’tish hujjatlarni yig’ish hamda ro’yxatga olish 
bo’yicha operatsiyalar mehnattalabligi darajasini kamaytiradi; 
- audit vazifalari majmualarini echishni integratsiyalash; 
- dialogli usulda amalga oshirish yo’li bilan axborot xizmat ko’rsatishni tashkil 
etish imkoniyati. 
Ma’lumotlarning kompyuter ishlovi sharoitida auditni yuritish tartibi 
«Kompyuter axborot tizimi sharoitida audit» nomli 401-son XASda belgilab 
qo’yilgan.
Auditor rejalashtirish, tahlil qilish, nazorat qilish va natijada iqtisodiy axborot 
avtomatlashtirilgan tizimdan foydalanuvchi xo’jalik yurituvchi sub’ektda bajarilgan 


112 
ishlar bo’yicha ma’lumot va xulosalar tayyorlashi uchun ma’lumotlarning kompyuter 
ishlovi tizimi bo’yicha etarli ma’lumotga ega bo’lishi lozim. 
Bunda auditor quyidagilarni bilishi kerak: 

ma’lumotlarning kompyuter ishlovi vositalari ta’sir etadigan barcha 
muhim jarayonlarda hisob-kitob tizimi va ichki nazoratni etarli darajada tushunish; 

tavakkalchilikni 
baholashga 
ma’lumotlarning kompyuter ishlovi 
vositalarining ta’siri samarasini aniqlash; 

boshqaruv testlari va xolis jarayonlari loyihalarini tayyorlash va bajarish; 
Auditorlik tashkiloti ma’lumotlarning kompyuter ishlovining eng ko’p 
tarqalgan tizimilari kutubxonasiga ega bo’lishi va ularni amalda qo’llash 
xususiyatlarini o’rganishga harakat qilishi kerak. 
Auditorlik tashkiloti kompyuter vositalaridan foydalanganda mijozlarning 
doimiy ma’lumotlarini saqlash uchun fayllar ochadi. Fayllarga asosan auditorning 
ishchi hujjatlari ma’lumotlari kiritiladi. Ishchi hujjatlarning muhimligi ulardagi 
ma’lumotlarning ham muhimligini nazarda tutadi. Agar auditor o’z ishchi hujjatlarida 
zarur hajmdagi ma’lumotlar va dalillarni keltirmasa yoki buxgalteriya hisobi, ichki 
nazoratning ahvoli va hokazo haqida ahamiyatli ma’lumotlar bermasa, natijada 
auditorlik xulosasi ham asoslanmagan yoki noto’g’ri bo’lishi mumkin. Demak, 
asoslangan va to’g’ri auditorlik xulosasini olish uchun talabga javob beradigan 
mazmundagi ishchi hujjatlarni ishlab chiqish lozim. 
Mijoz bilan imzolangan birinchi shartnomadagi tarixiy yoki asosiy 
yangilanadigan hamda joriy va kelgusi auditorlik ekspertizasi va tekshiruvlarga 
aloqador bo’lgan axborotlar doimiy fayllarda saqlanadi. Tajribadan ma’lumki, 
bunday fayllar mijoz haqidagi qulay manba rolini o’taydi va ularning ma’lumotlari 
uzoq vaqt o’z qiymatini yo’qotmaydi. Doimiy fayllarga kiritiladigan axborotlarning 
ko’pincha qat’iy belgilangan chegaralari mavjud: mijozning qisqacha tarixi, faoliyat 
turi, kompaniyaning ta’sis hujjatlari, shartnomalari va bitimlaridan ko’chirmalar yoki 
ularning nusxalari, direktor va menejment; hisob yuritish siyosati; aktsiyalar
obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog’ozlar bayoni, oldingi tekshiruvlar, tahlil 
ma’lumotlari va hokazolar. 


113 
Tekshirilayotgan davrga taalluqli ishchi hujjatlar fayllarda saqlanadi. Odatda, 
joriy fayllar to’plamiga auditni tashkil qilish mexanizmi va dasturi, direktorlar 
kengashi majlislari bayonnomalarining qisqacha mazmuni; tovar etkazib beruvchilar 
va mijozlar bilan bo’lgan munozaralar haqidagi mulohazalar; tekshirilishi lozim 
bo’lgan va audit dasturidan kelib chiqadigan bevosita masalalar; har qaysi masala 
bo’yicha tekshiruvlar uslublari, usullari va natijalarining muxtasar bayoni kiritiladi. 
Har gal mijoz bilan shartnoma imzolanayotganda auditorlik firmasi ishlarni 
tashkil qilish mexanizmini ishlab chiqadi; buning uchun buxgalteriya hisobi va 
moliyaviy menejmentning hajmi hamda ahvoli, mijozning ichki nazorat tizimi; jiddiy 
e’tibor talab qilinadigan sohalar baholanadi; hisobot davrida yuz bergan muhim 
o’zgarishlar ko’rib chiqiladi; audit yoki boshqa xizmatlar dasturi tuziladi; auditorlik 
firmasining xarajatlari baholanadi va uning asosida xizmatlar uchun haq miqdori 
aniqlanadi; shartnoma bo’yicha bevosita ishlarni bajaradigan auditorlar tayinlanadi. 
Yirik auditorlik firmalarida mijozlarning moliyaviy ahvolini tekshirishni 
tashkil qilish masalalari bilan tarmoqlar va faoliyat turiga qarab, shu tarmoqlarning 
birortasiga ixtisoslashgan alohida menejerlar shug’ullanadi. O’tgan yilgi doimiy va 
ishchi fayllari bor doimiy mijozlar bilan shartnoma tuziladigan bo’lsa, shartnoma 
tuzish uchun mijozdan hisobot davrida yuz bergan o’zgarishlar haqida ma’lumotlar 
so’raladi. Agar mijoz yangi bo’lsa, menejer bo’lajak mijozning ishxonasiga borib
buxgalteriya hisobi hajmi va ahvolini? ichki nazoratning samaradorligini, moliyaviy 
hisobotning buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga mosligini ekspertiza qiladi. 
Ekspertiza natijalariga ko’ra mijozning ishlab chiqarish-tijorat faoliyatiga audit 
tayinlanadi yoki unga hisobga olish ma’lumotlariga o’zgartishlar kiritish va 
buxgalteriya hisobi ahvolini talab qilinadigan darajaga etkazish tavsiya etiladi. 
Ko’rsatilgan bilimlar auditorda bo’lmagan holda axborot texnologiyasi 
sohasida ekspert xizmatidan foydalanishi lozim. Qo’llanilayotganda ma’lumotlarning 
kompyuter ishlovi tizimini baholash uchun ekspert xizmatidan foydalanilganda, 
ekspertni tayinlash va ekspert xizmatidan foydalanish bilan bog’liq bo’lgan boshqa 
jarayonlar «Ekspertning xizmatidan foydalanish» nomli auditning milliy andozasi 
shartlariga to’liq mos kelishi kerak. 


114 
Tekshirish o’tkazishda ekspert auditorga quyidagilarda yordam beradi: 

ma’lumotlarning kompyuter ishlovi tizimining ishonchliligini umumiy 
baholashda; 

tekshiriladigan xo’jalik sub’ektida ma’lumotlarning kompyuter ishlovi 
tizimida mavjud bo’lgan buxgalterlik dasturiy ta’minotni sotib olinishi va ruxsat 
olinganligi qonuniyligini baholashda; 

hisoblar algoritmini tekshirishda; 

kompyuterda auditorga zarur bo’lgan analitik, sintetik hisob va hisobot 
registrlarini shakllantirishda. 
«Auditni rejalashtirish» nomli 3-son auditning milliy andozasiga muvofiq. 
audit umumiy rejasini tuzishda rejalashtirishning har bir bosqichi, axborot 
texnologiyalari va ma’lumotlarning kompyuter ishlovi tizimini xo’jalik yurituvchi 
sub’ekt tomonidan qo’llaniladigan audit jarayoniga ta’sirini hisobga olgan holda 
aniqlashi kerak. Hisob-kitob axboroti ishlovini avtomatlashtirish darajasi audit 
ishlarining hajmi va xarakterini aniqlashda hisobga olinishi zarur. 
Auditni rejalashtirish bo’yicha hujjatlarda quyidagi muomalalar aks ettiriladi: 

audit jarayonini ma’lumotlarning kompyuter ishlovidan foydalanib 
bajarish xarakteri (ma’lumotlarning kompyuter ishlovida bosishga tayyorlangan 
hujjatlarni chiqarish, xo’jalik yurituvchi sub’ekt ma’lumotlarning kompyuter ishlovi 
muhitida ishlash); 

xo’jalik yurituvchi sub’ektning kompyuter tizimini o’rganish, baholash 
uchun qo’yilgan masalalarni bayon qilish uchun mustaqil ekspert jalb qilish; 

audit tekshiruvi boshlanish sanasi auditorga xo’jalik sub’ekti bilan audit 
o’tkazishga tuzilgan shartnomada kelishilgan ko’rinishda axborot taqdim etilgan 
sanaga mos kelishi kerak. 
Xo’jalik yurituvchi sub’ektning buxgalteriya hisobini ma’lumotlarning 
kompyuter ishlovi muhitida tashkil etish auditorning kasbiy tavakkalchiligiga ta’sir 
qiladi. 
Auditorning tavakkalchiligi quyidagi hollarda ortadi: 

kompyuter muhiti markazlashmaganda; 


115 

kompyuter o’rnatmalarining geografik tarqoqligi mavjud bo’lganda; 

buxgalteriya xodimlarining axborot texnologiyalari sohasidagi bilimlar 
darajasi etarli bo’lmaganda; 

ma’lumotlarning kompyuter ishlovi muhitida ishlashiga ichki nazorat 
to’siq bo’lmaganida; 

ma’lumotlarning kompyuter ishlovi tizimiga ruxsatsiz kirishni cheklash 
bo’yicha zaruriy choralar bo’lmaganda. 
Auditorning tavakkalchiligi quyidagi hollarda pasayadi: 

avtomatlashtirish tizimi ruxsat olingan bo’lganda; 

auditor uchun maxsus ishlangan dasturiy ta’minotning nazorat 
ko’rinishlarini chuqurlashtirish imkoniyati mavjud bo’lganda; 

dasturiy ta’minotning maxsus nazorat qilinishi mavjud bo’lganda; 

xo’jalik yurituvchi sub’ektning axborot siyosati uning rahbariyati 
tomonidan malakali belgilanganda; 

barcha bo’linmalar, sho’’balar va boshqa belgilangan bo’linmalar 
yagona ma’lumotlarning kompyuter ishlovi muhitida ishlaganda, yagona zamonaviy 
dasturiy ta’minotni qo’llaganda; 

xo’jalik yurituvchi sub’ektning axborot siyosati ma’lumotlarning 
kompyuter ishlovi tizimidan asosiy foydalanuvchilar bilan kelishilganda; 

xo’jalik yurituvchi sub’ektda ma’lumotlarning kompyuter ishlovi 
tizimini rivojlantirish bo’yicha uzoq muddatli rejasi bo’lganda. 
Ma’lumotlarning kompyuter ishlovida boshqarishning ichki vositalari ichki 
nazorat maqsadlariga erishishga yordam beradi. U qo’l ishlarini, shuningdek 
mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan dasturlarni o’z ichiga oladi. Qo’l va 
kompyuter vositalari ma’lumotlarning kompyuter ishlovi muhitiga ta’sir etuvchi 
boshqaruvning umumiy vositalari va amaliy dasturlarni boshqarishning maxsus 
vositalarini, jumladan buxgalteriya hisobi dasturlarini boshqarishdan iborat bo’ladi. 
Ma’lumotlarning kompyuter ishlovida boshqarish umumiy vositalarining 
maqsadi ma’lumotlarning kompyuter ishlovi tizimini nazorat qilish chegaralarini 


116 
aniqlash va ichki nazoratga erishilganda ishonchning qulay darajasini ta’minlashdan 
iborat. 
Boshqaruvning umumiy vositalari quyidagilarni o’z ichiga oladi: 

boshqaruv xizmatiga oid kafolatlar va tadbirlar; 

amaliy dasturlar tizimini ishlab chiqish va uni to’g’ri holatda bo’lishini 
ta’minlash; 

yangi yoki qayta qurilgan tizimlarni testdan o’tkazish, o’zgartirish, sotish 
va hujjatlashtirish; 

ma’lumotlarning kompyuter ishlovi tizimi tomonidan faqat shu 
maqsadlar uchun mo’ljallangan harakatlarni bajarishning kafolati, shuningdek 
ulardagi xatolarni aniqlash va tuzatish; 

operatsiyalarga faqat vakolatli xodimlarning kirishini ta’minlash. 
Ma’lumotlarning kompyuter ishlovida boshqarish ichki vositalarining maqsadi 
faqat vakolat berilgan qismlar bo’yicha amaliy dasturlarni boshqarishning o’ziga xos 
xususiyatli tadbirlarni va keyingisini ro’yxatga olish, shuningdek ularning o’z 
vaqtidaligini va to’liqligini o’rnatishdan iboratdir. 
Ma’lumotlarga kompyuterda ishlov berishni boshqarishning ichki vositalari 
quyidagilardan iborat: 
1. Ishga solishni nazorat qilish: 

operatsiyalarni kompyuter bajarishidan oldin tekshirilgani; 

operatsiyalar mashina o’qish shakliga o’tkazilgani va kompyuter fayllari 
ma’lumotlariga yozilgani; 

yo’qotilmagan, qo’shilmagan, nusxa ko’chirilmagan va o’zgartirilmagan 
operatsiyalarni; 

noto’g’ri operatsiyalar bartaraf etilganini qayta tasdiqlanish vaqtida 
tuzatilgani. 
2. Ma’lumotlarning kompyuter fayllari va kompyuterning ishlashini nazorat 
qilish: 

operatsiyalar kompyuter tomonidan to’g’ri bajarilayotgani; 


117 

operatsiyalarning 
yo’qotilmagani, 
qo’shilmaganligi, 
nusxa 
ko’chirilmagani va o’zgartirilmagani; 

xatolar o’z vaqtida tuzatilgani va bartaraf etilgani. 
3. Axborotni kiritishni nazorat qilish: 

bajarilish natijalarining aniqligini; 

axborotga begona shaxslarning kirishi cheklanganligi; 

axborotni uni olishda ruxsati bilan tegishli shaxsga o’z vaqtida berilgani. 
Kompyuterni asosiy suiste’mol qilish quyidagi shartlar bo’lgandagina bo’lishi 
mumkin: 
- kompyuterga yoki terminalga bevosita kirilganda; 

ma’lumotlar fayllariga kirilganida; 

vositalarni shaxsiy manfaatlar maqsadida ishlatish imkoniyatining 
borligida; 

tizimli axborotining tushunarliligida; 
- kompyuter dasturlariga kirilganida. 

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin