ishlatiladi. Ammo kelishik qo‘shimchalarini noto‘gʻri qo‘llash uchraydi. Ba’zan –
ning o‘rnida –ni, -lar o‘rnida –la ishlatiladi. Direktorni xonasida ko‘rdim. (direktorni
o‘z xonasida ko‘rmoq). Direktorning xonasida ko‘rdim. (Boshqa
birovni direktor
xonasida ko‘rmoq).
6.
So‘z yasalish me’yorlari: So‘z yasovchi qo‘shimchalarning fonetik tuzilishi
jihatidan bir qolipda ishlatilishi so‘z yasalish me’yori hisoblanadi. Ba’zan nuqtda
sifat yasovchi –li va ot yasovchi –lik qo‘shimchalari farqlanmay ishlatiladi. Paxtali
chopon o‘rnida paxtalik chopon.
7.
Imloviy me’yorlar (orfografik). Hozirgi o‘zbek adabiy tilining me’yorlari
1956- yil “O‘zbek orfografiyasining asosiy qoidalari” ga tayanadi. 72 paragrafdan
iborat. 1995-yil yangi lotin alifbosiga o‘tish haqida qaror qabul qilindi.Lotin
alifbosiga asoslangan yozuvda ham yangi orfografik qoidalar yaratildi. Bo‘gʻin
ko‘chirish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritildi. Demak, imloviy me’yor so‘zlarning
to‘gʻri, xatosiz yozilishiga asoslanadi.
8.
Grafik (yozuv) me’yorlari: Hozirgi yozuvimiz
lotin alifbosiga asoslangan
bo‘lib, 29 ta harf va 3 ta harf birikmasidan iborat.
9.
Punktuatsion me’yorlar: Bu me’yor 10 ta tinish belgisi asosida ish yuritadi
(nuqta, vergul, ikki nuqta, nuqtali vergul, tire, undov belgisi, so‘roq belgisi, ko‘p
nuqta, qo‘shtirnoq, qavs)
10. Uslubiy me’yor: Nutq sharoitiga qarab til birliklarining eng ma’qulini
qo‘llash adabiy tilning uslubiy me’yori hisoblanadi. Sinonimlardan noto‘gʻri
foydalanish, so‘z takror ayrim eskirgan so‘zlarni qo‘llash nutqni uslubiy jihatdan
buzadi. O‘zbek tilida so‘zlashuvchi kishilar va ijodkorlar uchun o‘zbek adabiy tili
me’yorlariga rioya qilish majburiy sanaladi.
Dostları ilə paylaş: