8-mavzu: Turli bog`lanishlar, jadvallar hamda funksional bog`lanish haqida tasavvur hosil
qilish mеtodikasi. O‘rtacha tezlikni topishga doir masalalar.
Reja:
1. Algebraik materiallar o`rtasida funksianal bog`lanishlarga doir topshiriqlarni bajarishni
o`rgatish.
2. Jadvallar bilan ishlashni o`rgatish metodikasi.
3. Tushunchlar tahlili metodini o`tkazizish orqali mavzuni mustahkamlash.
Algebraik materiallar turkumidan joy olgan turli funksianal bog`lanish va jadvallar bilan
ishlash mavzulari asosan 3-4- sinflarda o`rgatiladi. Turli funksianal bog`lanishli materiallarga
boshlang`ich
sinflarda, harakatga doir masalalar(masofa, vaqt, tezlik)ni bog`liqligini, narx,
miqdor, jami so`mmani bog`liqligini va harfiy ifodadagi harflar o`rniga boshqa-boshqa qiymatlar
qo`yilganda ishoralar bog`liqligi kabi tushunchalarni kiritishimiz mumkin. Bu mavzularni
o`rgatishda bog`liqlik asosida formulalar yaratilib, shu formulalar orqali
topshiriqlarni bajarish
o`rgatiladi. Aynan shu bog`lanishli miqdorlar mavzularini o`rgatishda jadvallar bilan berilgan
ma`lumotlardan foydalanib, topshiriqlarni bajarish osonlik bilan
yechimni topishga imkon
yaratadi.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar.
1. Funksional bog`lanishli topshiriqlarga asosan qanday topshiriqlarni kiritishimiz mumkin?
2. Narx, miqdor va jami so`mmani bir-biriga bog`liqligini misollarda tushuntiring.
3. Musbat yo`nalishli koordinatalar sestimasida gorizantal va vertikal chiziqlarda hosil
bo`ladigan nuqtalarni grafigini yasashni o`rgatish.
4. Harfiy ifodalarda ifodaga beriladigan qiymatlarning ifodaning qiymatiga bog`liqligini
tushuntirib, izohlab bering.
5. Jadvallar bilan ishlashning umumiy masalalari haqida so`zlab bering.
6. Boshlang`ich sinflarda qanday materiallar jadvallarda yaqqol ko`rinib qoladi?
7. Jadvalni metodikasi bilan ishlang: b va c ning quyidagi qiymatlarida b·c va b:c ifodalarning
qiymatini hisoblang:
b 8 000 1 000 15 000 600
c 10
100
10
100
8. Misollarni davom ettirib bajarish usulida hisoblang:
900–(72+28)·4= (2 000–1860)+(23+77)·5=
810:9+(48–32)= 6·(450–430)–(760–750)=
Boshqotirmalar bilan ishlash.
Tushunchalar tahlili metodi.
Тушунчалар
Сизнингча бу тушунча қандай маънони англатади?
Қўшимча
маълумот
Algebraik material
Jadvallar
bilan ishlash
metodikasi
Ifoda
va
ifodaning
qiymati
Harfiy va sonli ifoda
O`zgaruvchili ifoda
Bilimlarni oshirishga qaratilgan masalalar bilan ishlash. Masalalarni
metodikasi bilan
yeching.
1-masala.Otaning yoshi nechada bo‘lsa uning uchala farzandlari birgalikdagi yoshi ham
shunchaga teng. ota va uning farzandlari birgalikdagi yoshi uchinchi farzandi yoshidan 8 marta
ko‘p. birinchi farzandi uchinchi farzandidan 6 yosh katta. agar otaning yoshi 2 yildan so‘ng 21
ning ikkilanganiga teng bo‘lsa, ota va uning har bir farzandlari yoshini toping?
2-masala.1-javonda bir nechta kitob bor. 2-javonda undan 2 marta ko‘p kitob bor. 1-javondan 8
ta kitobni olib, 2-javonga qo‘shsak, 2-javonda 1-javondan 5 marta ko‘p kitob bo‘ladi. 1-
javonda nechta kitob bo‘lgan?
3-masala.Nonvoy ertalab 32 ta non sotdi. tushlikda nechtadir non sotdi. kechqurun esa
tushlikdan 2 marta ko‘p non sotganidan keyin nonvoyxonada 62 ta non qoldi. nonvoy jami 149
ta non sotgan bo`lsa, jami nonlar nechta va tushlikda qancha non sotilgan?
4-masala.Kutubxonada 1-javonda bir nechta kitoblar bor edi. undan 10 ta olib 2-javonga
qo‘yilganda 36 ta kitob bo‘ldi. ikkala javonda 86 ta kitob bo‘lsa, dastlab 1-javonda nechta kitob
bo‘lgan?