94
so’zdan tashkil topadi. Bularda so’zlarni almashtirib qo’llab,
yangi-yangi erkin
birikmalar hosil qilish mumkin. M: yangi ko’ylak, qizil ko’ylak, qizil olma.Erkin
birikmadagi har bir so’z ma’lum so’roqqa javob bo’ladi, gapda har biri alohida gap
bo’lagi bo’lib kela oladi. M:
Chiroyli ko’ylak oldim.
1)chiroyli ko’ylak;
2)ko’ylak(ni) oldim
Iborada, ya’ni turg’un birikmada ma’no yaxlit, ajralmas bo’ladi. Turg’un birikma
tarkibida nechta so’z bo’lishidan qat’i nazar bitta so’roqqa javob bo’ladi va bitta
gap bo’lagi vazifasida keladi. M:
Otasining to’nini teskari kiyib olishi O’ktamning
dilini og’ritdi.
So’z birikmasi va turg’un birikma gapda o’xshash shaklda
uchrashi mumkin, lekin
so’z
birikmasi tushuncha, ibora esa atash (leksik) ma’nosini ifodalaydi. M:
Qizchaning tap-tap sakrashidan dugonasining guliga qo’nib turgan kapalagi
uchdi(tushuncha). Shovqindan buvimning kapalagi uchdi (atash ma’no).
So’z birikmasi va qo’shma so’z. So’z birikmasida ham, qo’shma so’zda ham
qismlar bir xildagi so’z turkumlariga oid bo’lishi,
har ikkalasi ham bir xil
grammatik shaklga ega bo’lishi mumkin. Masalan, oq qush – oqqush (har ikkisi
ham sifat+ot). Bu ularning shakily o’xshashligidir. Lekin so’z birikmasidagi
qismlar ma’no mustaqilligini saqlagan bo’ladi. Qo’shma so’z
tarkibidagi
qismlarning ma’nosi esa saqlanmagan bo’lib, qo’shma so’zning umumiy ma’nosi
orqali anglashiladi.
So’z birikmasidagi qismlar orasida grammatik aloqa sezilib turadi, qo’shma so’z
qismlari orasidagi grammatik aloqa esa yo’qolgan bo’ladi.
So’z birikmasini tashkil qilgan qismlarning har biriga alohida-alohida so’roq
berish mumkin:
kitobni o’qimoq; kitobni (nimani?) o’qimoq; kitobni o’qimoq
(nima qilmoq?) Qo’shma so’zlarga esa yaxlit bir so’roq berish mumkin:
kungaboqar (nima?), kamquvvat (qanday?).
Bular urg’u olishida ham farqlanadi. So’z birikmasida har bir so’zga, qo’shma
so’zda esa faqat o’ziga urg’u tushadi. Masalan:
oq qush –
oqqush
3-topshiriq: Berilgan birliklarning har birini so’z
birikmasi va ibora sifatida
qo’llab ikkitadan gap tuzing.
1)bo’yniga ilmoq; 2)ko’zi ochilmoq; 3)to’nini teskari kiymoq; 4)ustidan
chiqmoq; 5)tosh otmoq.
__________________________________________________________________

Hokim so’zning ifodalanishiga ko’ra so’z birikmalarining turlari. Bu jahatiga ko’ra
so’z birikmasi ikkiga bo’linadi: 1. Otli so’z birikmasi. 2. Fe’lli so’z birikmasi.
95
Otli so’z birikmasida hokim so’z ot, sifat, olmosh, son, ravish va otlashgan
so’zlar bilan ifodalanadi. M:
shaharning ko’chlari, chumchuqning chug’ur-
chug’uri, o’quvchilarning beshtasi, beqiyos o’lka.
Fe’lli so’z birikmasida hokim so’z mustaqil fe’l bilan ifodalanadi. M:
daftarga
Dostları ilə paylaş: