Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


-§. Jinoyat sodir etish bosqichlari tushunchasi



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə187/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

1-§. Jinoyat sodir etish bosqichlari tushunchasi,
turlari va ahamiyati 
Jinoyat ijtimoiy xavfli qilmish sifatida jinoyatchining u yoki bu qasdi 
muayyan vaqt (jinoiy niyatning paydo bo‘lishidan boshlab toki uni to‘liq 
amalga oshirish va jinoiy maqsadga erishgunga qadar bo‘lgan davr) 
oralig‘ida amalga oshiriladigan jarayon sifatida tushunilib, qisqa vaqt 
davomida ro‘y berishi ham, uzoq vaqtga cho‘zilishi ham mumkin. Shu 
bois, qonun chiqaruvchi qasddan sodir etiladigan jinoyatlarni amalga 
oshirish jarayonini shartli ravishda muayyan bosqichlarga ajratadi, ular o‘z 
navbatida, tamom bo‘lgan va tamom bo‘lmagan jinoyatlardan iborat. 
NOTA BENE ! 
Jinoyat sodir etish bosqichlari jinoyat huquqi tomonidan qasddan 
jinoyat sodir etishga tayyorgarlik ko‘rish va bevosita bajarish bosqichlari 
(jinoiy faoliyatning rivojlanish bosqichlari) sifatida tushunilib, jinoyatga 
tayyorgarlik ko‘rishdan boshlanib, jinoiy oqibatlar kelib chiqishida 
tamomlanadi. 
Bu bosqichlar uchta: 1) jinoyat sodir etishga tayyorgarlik ko‘rish 
bosqichi; 2) jinoyat tarkibi obyektiv tomonini bajarish; 3) jinoyatning 
tamom bo‘lishi va ijtimoiy xavfli oqibatlarning kelib chiqishi. Ular bir-
biridan aybli harakatlarning xususiyati va mazmuniga ko‘ra, shuningdek, 
jinoiy qilmishning tamomlanganlik darajasiga ko‘ra farq qiladi. 
Jinoyat qonuni jinoyat sodir etish bosqichi sifatida qasdning 
shakllanishi va aniqlanishini bosqich sifatida tan olmaydi. Qasdning ayon 
bo‘lishi jinoyat qonuni maqsadlariga ijtimoiy xavf solmaydi, chunki bunda 
qonun muhofazasi ostidagi obyektlarga ijtimoiy xavf solinmaydi, shaxs 
ham biron-bir muayyan harakat sodir etmaydi. Jinoiy qasdning 
shakllanishi jarayoni, jinoyatni amalga oshirishning usullari, uning eng 
263 


samarali bajarish uslublarining tanlanishi faqat shaxsning niyati va 
fikrlarini tavsiflab, ular hattoki jinoiy bo‘lgan taqdirda ham, javobgarlik 
kelib chiqmaydi.
Qasd shakllanishi jazoga loyiq emasligi, xalqaro va konstitutsiyaviy 
fikr va tafakkur erkinligi tamoyiliga asoslanadi. Xalqaro jinoyat 
huquqining umumbashariy tamoyili quyidagicha yangraydi: «Cogitations 
poenam nemo patitur» («Fikr jazoga sazovor emas»). 
Ayni vaqtda, o‘z-o‘zidan ijtimoiy xavfli bo‘lgan hamda 
jabrlanuvchining huquq va manfaatlariga real tarzda xavf tug‘dirayotgan 
qasdning ayon bo‘lishi, qonun chiqaruvchi tomonidan alohida jinoyat deb 
topilishi mumkin. Masalan, qasdning ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etish 
bilan qo‘rqitish (hatto so‘z orqali ham) kabi ko‘rinishi: o‘ldirish yoki 
zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish (JK 112-moddasi) yoxud 
tovlamachilikdagi qo‘rqitish (JK 165-moddasi) va hokazolar jinoyat 
qonunida tamom bo‘lgan mustaqil jinoyat hisoblanadi. Qoida tariqasida, 
bu tahdidning maqsadi – jabrlanuvchiga ruhiy zo‘ravonlik qilib, o‘z 
manfaatlari yo‘lida tegishli xatti-harakatlarni amalga oshirishga zo‘rlash 
bo‘lib, aynan shunda uning ijtimoiy xavfi namoyon bo‘ladi. 
Xuddi shunday qasdning shakllanishini jinoyatni sodir etishda 
dalolatchilik qilish, shuningdek, tuhmat (JK 139-moddasi), haqorat (JK 
140-moddasi), targ‘ib qilish (JK 150-moddasi), da’vat qilish (JK 159-
moddasi 1-qismi) va boshqa shu ko‘rinishdagi «og‘zaki» deb 
nomlanadigan jinoyatlardan farqlash lozim, zero, ularning har biri o‘z 
obyektiga 
– 
shaxsning sha’ni, qadr-qimmatining daxlsizligini, 
insoniyatning tinchligi va xavfsizligini, O‘zbekiston Respublikasi 
konstitutsiyaviy tuzumi xavfsizligini va normal faoliyatini muhofaza 
qiluvchi ijtimoiy munosabatlarga nisbatan tajovuz qiladi. 
Tayyorgarlik ko‘rish va suiqasd kabi jinoiy xulq-atvor bosqichlari 
tamom bo‘lmagan jinoyatlar turkumiga kiradi, biroq jinoyatlarning barcha 
tarkiblarida ham bo‘lavermaydi. 
264 



Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin