Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə183/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

5-§. Jinoyatning maxsus subyekti 
Jinoyat maxsus subyekti belgilarini o‘rnatish huquqni qo‘llash 
amaliyotida jinoyatni kvalifikatsiya qilishning shartlaridan biri 
hisoblanadi. 
Jinoyat 
subyektining umumiy belgilari JK Maxsus qismi 
moddalarining dispozitsiyalarida nazarda tutilmagan. Maxsus subyekt 
belgilari modda dispozitsiyalarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatiladi yoki uni 
sharhlash yo‘li bilan aniqlanadi, alohida hollarda u maxsus normalarda 
ko‘rsatiladi. Masalan, JKning sakkizinchi bo‘limida mansabdor shaxs yoki 
mas’ul shaxs tushunchalari berilgan. Ba’zi hollarda ushbu belgilar asosiy 
tarkibli jinoyatlarda (mansabdorlik jinoyatlarida mansabdor shaxsning 
belgilari), kvalifikatsion jinoyatlarda (o‘ta xavfli retsidivistning belgilari) 
ko‘rsatiladi, boshqa hollarda jazoni yengillashtiruvchi holat bo‘lib keladi 
(masalan, yangi tug‘ilgan chaqaloqning ona tomonidan o‘ldirilishi). 
NOTA BENE ! 
Jinoyatning maxsus subyekti – jinoyat subyekti zaruriy belgilaridan 
tashqari yana Jinoyat kodeksi Maxsus qismi moddalarida belgilangan va 
shu jinoyatlar uchun zaruriy belgi bo‘lgan qo‘shimcha belgilari ham 
mavjud bo‘lgan subyektdir. 
Maxsus subyekt belgilarining mavjud emasligi ushbu belgilar 
ifodalangan jinoyat uchun garchi jinoyat subyekti umumiy belgilari 
mavjud bo‘lsa ham, javobgarlikni istisno etadi. Bu ba’zi hollarda umuman 
jinoyatni istisno etadi, boshqa hollarda javobgarlik boshqa modda bilan 
belgilanadi. Masalan, harbiy yoki davlat siri bilan bog‘liq bo‘lgan 
hujjatlarni yo‘qotish ushbu hujjatlarni saqlash majburiyati yuklanmagan 
boshqa shaxs tomonidan sodir etilsa, JK 163-moddasidagi jinoyat tarkibi 
mavjud bo‘lmaydi. Shuningdek, boshqa davlat foydasiga josuslik qilish 
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi tomonidan amalga oshirilganda JK 
160-moddasi bilan emas, balki davlatga xoinlik sifatida JK 157-moddasi 
bilan kvalifikatsiya qilinadi. 
257 


O‘zining tarkibiga ko‘ra maxsus subyekt belgilari xilma-xildir. Ular 
shaxsning turli xil xususiyatlariga taalluqli bo‘lishi mumkin.
Maxsus subyektlarni quyidagi mezonlarga qarab guruhlarga 
ajratishimiz mumkin. 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin