5-§. Jinoyatning maxsus subyekti Jinoyat maxsus subyekti belgilarini o‘rnatish huquqni qo‘llash
amaliyotida jinoyatni kvalifikatsiya qilishning shartlaridan biri
hisoblanadi.
Jinoyat
subyektining umumiy belgilari JK Maxsus qismi
moddalarining dispozitsiyalarida nazarda tutilmagan. Maxsus subyekt
belgilari modda dispozitsiyalarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatiladi yoki uni
sharhlash yo‘li bilan aniqlanadi, alohida hollarda u maxsus normalarda
ko‘rsatiladi. Masalan, JKning sakkizinchi bo‘limida mansabdor shaxs yoki
mas’ul shaxs tushunchalari berilgan. Ba’zi hollarda ushbu belgilar asosiy
tarkibli jinoyatlarda (mansabdorlik jinoyatlarida mansabdor shaxsning
belgilari), kvalifikatsion jinoyatlarda (o‘ta xavfli retsidivistning belgilari)
ko‘rsatiladi, boshqa hollarda jazoni yengillashtiruvchi holat bo‘lib keladi
(masalan, yangi tug‘ilgan chaqaloqning ona tomonidan o‘ldirilishi).
NOTA BENE ! Jinoyatning maxsus subyekti – jinoyat subyekti zaruriy belgilaridan
tashqari yana Jinoyat kodeksi Maxsus qismi moddalarida belgilangan va
shu jinoyatlar uchun zaruriy belgi bo‘lgan qo‘shimcha belgilari ham
mavjud bo‘lgan subyektdir.
Maxsus subyekt belgilarining mavjud emasligi ushbu belgilar
ifodalangan jinoyat uchun garchi jinoyat subyekti umumiy belgilari
mavjud bo‘lsa ham, javobgarlikni istisno etadi. Bu ba’zi hollarda umuman
jinoyatni istisno etadi, boshqa hollarda javobgarlik boshqa modda bilan
belgilanadi. Masalan, harbiy yoki davlat siri bilan bog‘liq bo‘lgan
hujjatlarni yo‘qotish ushbu hujjatlarni saqlash majburiyati yuklanmagan
boshqa shaxs tomonidan sodir etilsa, JK 163-moddasidagi jinoyat tarkibi
mavjud bo‘lmaydi. Shuningdek, boshqa davlat foydasiga josuslik qilish
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi tomonidan amalga oshirilganda JK
160-moddasi bilan emas, balki davlatga xoinlik sifatida JK 157-moddasi
bilan kvalifikatsiya qilinadi.
257
O‘zining tarkibiga ko‘ra maxsus subyekt belgilari xilma-xildir. Ular
shaxsning turli xil xususiyatlariga taalluqli bo‘lishi mumkin.
Maxsus subyektlarni quyidagi mezonlarga qarab guruhlarga
ajratishimiz mumkin.