Tayyorgarlikni jinoyat sodir etish bosqichi
sifatida faqat aniq bir
jinoyat sodir etish uchun tayyorgarlik ko‘rilgandagina baholash mumkin.
Bunda shaxs o‘z jinoiy niyatini oxirigacha amalga oshirishga tayyor.
Shaxs keyinchalik muayyan jinoiy qilmish vositalari yoki qurollari tarzida
qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan turli predmetlarni «har ehtimolga qarshi»
egallagan, yasagan yoki moslashtirgan hollarga jinoyatga tayyorgarlik
ko‘rish deb qaralishi mumkin emas, chunki bunday harakatlar yagona
jinoyat sodir etish bosqichini hosil qilmaydi. To‘g‘ri, ayrim hollarda ular
mustaqil jinoyatlar bo‘lishi mumkin, misol uchun, o‘qotar qurol,
shuningdek, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar yoki
portlatish qurilmalarini
qonunga xilof ravishda tayyorlash yoki qo‘lga kiritish JK 248-moddasida
ko‘zda tutilgan jinoyat tarkibini tashkil qiladi. Shu bilan birga, agar qurol-
yarog‘, misol uchun, bosqinchilik sodir etish uchun olinganligi aniqlansa,
ishning konkret holatlariga ko‘ra aybdorning harakatlari JK 248-moddasi,
25-moddasi 1-qismi va 164-moddasi 2-qismi «a» bandiga binoan
kvalifikatsiya qilinishi lozim.
Aybdorda qonunga xilof ravishda tayyorlangan, egallangan,
saqlanayotgan giyohvandlik vositalari ularning analoglari yoki psixotrop
moddalarni o‘tkazish (JK 273-moddasi) jinoiy niyatining mavjudligi
masalasini hal qilishda, sudlar, mazkur vositalar yoki moddalar
o‘tkazishga amalda tayyorgarlik ko‘rilganligi to‘g‘risidagi dalillar
majmuidan kelib chiqishlari kerak. Tergov organlari
va sudlar
giyohvandlik vositalari ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni
qonunga xilof ravishda egallashdan maqsad nima ekanligini aniqlashlari
zarur. Egallash kelgusida o‘tkazish yoki sotish uchun amalga oshirilganligi
aniqlangan taqdirda aybdorning harakatlari
qayd etilgan jinoyatlarga
tayyorgarlik ko‘rish deb ham kvalifikatsiya qilinishi kerak
1
. Aks holda,
o‘tkazish, sotish maqsadi aniqlanmagan bo‘lsa, aybdor shaxsning
harakatlari JK 276-moddasi tegishli qismiga binoan kvalifikatsiya qilinishi
shart (Giyohvandlik vositalari ularning analoglari yoki psixotrop
1
Қаранг: Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг 1995 йил 27 октябрдаги «Гиёҳвандлик
воситалари ёки психотроп моддалар билан қонунга хилоф равишда муомала қилишга
оид жиноят ишлари
бўйича суд амалиёти ҳақида»ги 21-сонли қарори, 4-банд, 2-хатбоши.// Тўплам, 1-жилд. – 35-б.
270
moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda
tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar).
Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish faqat tayyorgarlik harakatlari shaxsga
bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra to‘xtatilgan holdagina mavjud bo‘ladi.
Qonun chiqaruvchi maxsus ravishda belgilaydiki, ijtimoiy xavfli qilmish
obyektiv sabablarga ko‘ra uzilib qolgan bo‘lib, yakuniy natijasiz, tamom
bo‘lmagan jinoyatdir. Jinoyatni sodir etishning aybdorga bog‘liq
bo‘lmagan holda tugatilganligi dastlabki tergovda va sudda isbot qilinishi
zarur.
Jinoyat tarkibining obyektiv tomoni amalda bajarilishidan oldin jinoiy
faoliyatning to‘xtatilgani jinoyatga tayyorgarlik ko‘rishni
uni sodir etish
bosqichi deb ta’riflash imkonini beradi.
Shunday qilib, yuqoridagilarni umumlashtirgan holda, biz jinoyatga
tayyorgarlik ko‘rishning, tamom bo‘lmagan jinoyatning bir turi sifatida
quyidagi ta’rifini keltirishimiz mumkin:
Dostları ilə paylaş: