Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


-§. Jinoyat sodir etishga tayyorgarlik ko‘rish



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə189/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

2-§. Jinoyat sodir etishga tayyorgarlik ko‘rish
Jinoyat sodir etishning birinchi bosqichi – bu jinoyatga tayyorgarlik 
ko‘rishdir. 
JK 25-moddasi 1-qismida «Shaxsning qasddan qilinadigan jinoyatni 
sodir etish yoki yashirish uchun shart-sharoit yaratuvchi qilmishi o‘ziga 
bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra sodir etilishi boshlangunga qadar 
to‘xtatilgan bo‘lsa, bunday qilmish jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish deb 
topiladi» deyiladi. 
Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish, aytib o‘tilganidek, faqat to‘g‘ri 
qasddan sodir etiladigan jinoyatlardagina bo‘ladi. Jinoyatga tayyorgarlik 
ko‘rish orqali shaxs o‘z harakatining ijtimoiy xavfliligini bu harakatlari 
orqali o‘ziga jinoyat sodir etish uchun sharoit yaratayotganligini anglaydi. 
Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish jinoiy faoliyatning dastlabki bosqichi 
hisoblanganligi bois, boshqa bosqichlarga qaraganda ijtimoiy xavflilik 
darajasining yuqori emasligi bilan tavsiflanadi. 
Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish deb, jinoyat sodir etish uchun shart-
sharoit yaratishga, shuningdek, bundan keyin jinoyatni yashirishga 
qaratilgan istalgan faoliyatni tushunish lozim. Jinoyatni sodir etishga qasd 
shakllanishidan farqli ravishda, tayyorgarlik ko‘rish bosqichi nafaqat 
jinoyat sodir etishni niyat qilish, balki uni sodir etish uchun sharoit 
yaratuvchi va zarur bo‘lgan konkret ishlarni bajarish bilan tavsiflanadi. 
Bunda mazkur harakatlarning qay darajada chuqur o‘ylanganligi va qancha 
vaqt davomida amalga oshirilishi bevosita tayyorlanayotgan jinoyat turiga 
bog‘liq. Jinoyat qanchalik xavfli va murakkab bo‘lsa (masalan, 
«buyurtma» qotillik, terroristik akt, josuslik, garovga olish va h.k.), unga 
tayyorgarlik ko‘rish ham shunga yarasha talab etiladi. Ushbu jinoyatni 
sodir etish bosqichiga oldindan o‘ylangan qasd mavjudligi xosdir. Situativ 
xarakterga ega, to‘satdan paydo bo‘ladigan qasddan sodir etiladigan 
jinoyatlarda esa, tayyorgarlik bosqichi deyarli yo‘q (masalan, bezorilik 
harakatlarini sodir etishga bo‘lgan niyat shu zahoti amalga oshiriladi). 
Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish harakatlari suiqasd qilishdan shunisi 
bilan farqlanadiki, ularning sodir etilishi jarayonida jinoyat qonuni 
tomonidan muhofaza qilingan obyektlarga bevosita tajovuz qilinmaydi, 
267 


ya’ni JK Maxsus qismi konkret moddalari dispozitsiyasida ko‘zda tutilgan 
qilmish hali sodir qilinmaydi. Boshqacha aytganda, jinoyatga tayyorgarlik 
ko‘rish va suiqasd bosqichlari orasidagi tafovut, jinoyat sodir etish 
harakatlariga asoslanadi. Bu harakatlar ikki xil turda bo‘ladi: biri jinoyat 
tarkibining elementi bo‘lsa, ikkinchisi jinoyat sodir etilishini ta’minlovchi 
aktdir. Bu harakatlarning birinchi turi suiqasd bosqichiga xos bo‘lsa, 
ikkinchisi jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish bosqichida namoyon bo‘ladi. 
Jumladan, harakat jinoyat tarkibining unsuri sifatida, qonunda 
ko‘rsatilgan muayyan alomatlar (talon-toroj qilish, yolg‘on ma’lumot 
tarqatish, targ‘ib qilish va h.k.)ga ega. Shu sababli, har qanday harakat, 
hatto u jinoiy suiqasd bilan sodir etilgan bo‘lsa ham, tegishli jinoyat 
tarkibining obyektiv tomoni sifatida harakatni hosil qilavermaydi. Misol 
uchun, o‘t qo‘yish maqsadida benzin sotib olish, shubhasiz, harakat 
bo‘lgani holda, o‘t qo‘yish (mulkni qasddan nobud qilish, JK 173-
moddasi) tarkibining unsuri hisoblanmaydi, xuddi shuningdek, birovni 
urish uchun tayoqning egallanishi ham badanga shikast yetkazish 
tarkibining unsurini hosil qilmaydi va h.k. Bundan tashqari, shuni 
unutmaslik kerakki, JK 25-moddasi 1-qismining mazmuniga ko‘ra, 
jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish bosqichida aybdor tomonidan amalga 
oshirilgan harakatlar, qasddan jinoyat sodir etish uchun shart-sharoit 
yaratishga, shuningdek, bundan keyin jinoyatni yashirishga qaratilgan 
bo‘lishi mumkin. 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin