Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish – ijtimoiy xavfli, qonunga
xilof va aybli qilmishni sodir etishdan o‘zini tiygan va (yoki) muayyan
jinoiy oqibatlar kelib chiqishining oldini olgan shaxs xulq-atvorining
qonuniy harakatidir. Shaxs boshlagan jinoiy faoliyatini (jinoyatga
tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga qasd qilishni) oxiriga
yetkazish mumkinligini anglagan holda ixtiyoriy va uzil-kesil to‘xtatishi
jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish deb topiladi. Jinoyat sodir etishdan
ixtiyoriy qaytishning asosiy huquqiy oqibati – uning jinoiy javobgarlikni
istisno qilishi
(JK 26-moddasi 2-qismi). Amalda jinoyat sodir etishdan
ixtiyoriy qaytgan shaxs tayyorgarlik harakatlarini yoki muayyan jinoyatni
sodir etishga bevosita qaratilgan harakatlarni to‘xtatadi, zero uning irodasi
bundan buyon huquq bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarga zarar yetkazishga
qaratilmagan. Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish doimo jinoyat
tarkibini istisno etadi. Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytishning asosiy
vazifasi ham aynan shu – jinoyatlarning oldini olish va to‘xtatib qo‘yish.
Boshlangan jinoiy faoliyatni to‘xtatib, jinoiy javobgarlikdan qutulish
imkoniyatining qonunda mustahkamlanishi shaxsni o‘z jinoiy niyatini
yakunlashdan bosh tortishga rag‘batlantiradi.
Dostları ilə paylaş: