Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə196/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

Yaroqsiz obyektga suiqasd qilishda, shaxs ishning haqiqiy 
holatlariga nisbatan xatosi tufayli, uning jinoiy tajovuzi jinoyat qonuni 
bilan qo‘riqlanadigan obyektga zarar yetkaza olishga qodir emasligi 
tushunilishi kerak. Aybdor harakatlari amalda real zarar yetkazmaydi ham. 
Bu holda shaxs jinoyatni sodir etishni xohlaydi, buning uchun barcha zarur 
harakatlarni amalga oshiradi, biroq xohlagan natijasini qo‘lga kiritmaydi, 
chunki jinoyat predmeti xususiyatlari yoki jabrlanuvchiga nisbatan xatoga 
yo‘l qo‘ygan bo‘ladi. Misol uchun, aybdor pul o‘g‘irlash maqsadida seyfni 
ochadi, ammo u yerdan pulni topolmaydi yoxud o‘lib bo‘lgan odamga o‘q 
uzadi. 
Mazkur turdagi suiqasdni kvalifikatsiya qilishda qasdning 
yo‘naltirilganligiga alohida e’tibor berish muhim. Masalan, «agar aybdor 
ishlatishga yaroqsiz bo‘lgan o‘qotar qurol, o‘q-dorilar, portlovchi 
moddalar yoki portlovchi qurilmalarni qonunga xilof ravishda egallagan va 
bunda ularning sifatiga nisbatan yanglishib yaroqli deb hisoblagan bo‘lsa, 
sodir etilgan qilmish jinoyatga suiqasd tariqasida kvalifikatsiya qilinmog‘i 
lozim»
1
.
Yaroqsiz vositalar bilan suiqasd qilishda, shaxs, o‘z xatosi 
oqibatida, jinoyatni oxiriga yetkazish uchun o‘z xususiyatlariga ko‘ra 
yaroqsiz bo‘lgan vositalarni qo‘llaydi. Misol uchun, aybdor o‘ldirish 
maqsadida jabrlanuvchiga zahar beradi, ammo bu zahar emas, zararsiz 
kukun bo‘lib chiqadi va buning natijasida jabrlanuvchi o‘lmay qoladi, hech 
qachon o‘lmasdi ham. Yarog‘siz deb, nafaqat foydalanilayotgan vosita, 
balki jinoiy niyatni amalga oshirish usullari ham tan olinishi mumkin. 

Қаранг: Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг 1996 йил 27 февралдаги «Қонунга хилоф 
равишда қуролга эгалик қилиш тўғрисидаги ишлар бўйича суд амалиёти ҳақида»ги 3-сонли қарори, 5-банд, 3-
хатбоши // Тўплам, 1-жилд. – 46–47-б.
276 


Masalan, odam o‘ldirishga suiqasd qilishda aybdor zaharli moddadan 
foydalanadi, ammo uni jabrlanuvchi tanasiga kichik, zarar yetkazmaydigan 
dozalar bilan kiritadi
1

Yaroqsiz vositalar bilan suiqasd qilish ham qilmishning ijtimoiy 
xavfliligini inkor etmaydi, shuning uchun uning kvalifikatsiyasi 
aybdorning qasdi inobatga olingan holda amalga oshiriladi. Bunda 
shaxsning jinoyat vositalari zararlilik darajasi, ulardan samaraliroq 
foydalanish usullariga nisbatan xatosi sud tomonidan jazoni tayinlashda 
hisobga olinishi lozim. 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin