Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə195/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

Tamom bo‘lgan suiqasdda subyekt, zarur bo‘lgan barcha 
harakatlarni qilganiga amin, ammo ba’zi obyektiv sabablarga ko‘ra jinoiy 
oqibat kelib chiqmaydi. Bu holatda shaxs amalga oshirishni mo‘ljallagan 
barcha harakatlarni sodir etadi, ammo jinoiy natijaning intihosi izchil 
harakatlar doirasidan chetda qoladi. Aybdor erishishga intilgan haqiqiy 
oqibat mavjud bo‘lmaydi. Misol uchun, subyekt o‘ldirish maqsadida 
jabrlanuvchiga zahar berdi, lekin shifokorlarning sa’y-harakati bilan 
jabrdiydaning hayoti saqlab qolinadi. 
Tamom bo‘lmagan suiqasdda subyekt jinoyatning tamom bo‘lishi 
uchun zarur bo‘lgan harakatlarni ularni amalga oshirishga xalaqit bergan 
sabablar tufayli to‘liq bajara olmaydi. Suiqasdning bu turida obyektiv 
tomon rivojlanmaydi. Bu holatda jinoyat sodir etishga qasd mavjud 
bo‘ladi, ammo jinoyat tarkibi obyektiv belgilarida nazarda tutilgan hamda 
jinoiy natijaga erishish uchun zarur bo‘lgan harakatlar to‘la hajmda 
bajarilmaydi. Misol uchun, o‘g‘ri omborxonaga g‘ayriqonuniy ravishda 
kirib, zarur boyliklarni olib chiqib ketishga tayyorlaydi, lekin shu yerda 
ushlanadi va ularni o‘g‘irlay olmaydi. 
Tamom bo‘lgan va tamom bo‘lmagan jinoyat sodir etishga suiqasd 
qilishning jinoyatni kvalifikatsiya qilishda hech qanday ahamiyati 
bo‘lmasa ham, qilmishning ijtimoiy xavflilik darajasini aniqlash, jazo 
275 


tayinlash va jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish masalasini hal qilishda 
muhim rol o‘ynaydi.
Jinoyat nazariyasida, shuningdek, yarog‘siz obyektga suiqasd qilish 
ham ajratilib, u jinoyat subyektining faktik xatoga yo‘l qo‘yishida 
asoslanadi. Bunda jinoyat sodir etishga «yaroqsiz» suiqasd qilishning ikki 
turi farqlanadi: 1) «yaroqsiz» obyektga (predmetga) suiqasd qilish; 2) 
«yaroqsiz» vositalar bilan suiqasd qilish.

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin