Psixotrop moddalar – psixotrop moddalar ro‘yxatiga kiritilgan va
O‘zbekiston Respublikasida nazoratga olinadigan, kelib chiqishi sintetik
va tabiiy moddalar.
Aql-irodaga ta’sir qiluvchi boshqa vositalarga giyohvandlik
vositalari va psixotrop moddalarning analoglari taalluqli.
Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning analoglari –
kimyoviy tuzilishi va xossalariga ko‘ra giyohvandlik vositalari va
255
psixotrop moddalarga o‘xshash, ular singari ruhiyatga faol ta’sir etuvchi,
kelib chiqishi sintetik va tabiiy moddalar
1
.
Tibbiy vositalar (dorilar)ga kirmaydigan aql-irodaga ta’sir qiluvchi
moddalarning katta guruhini, xususan, aql-irodaga ta’sir qiluvchi xo‘jalik,
uy-ro‘zg‘or uchun mo‘ljallangan vositalar, zaharli modda va turli xil
laklar, bo‘yoqlar, yelimlar va shunga o‘xshash moddalar tashkil etadi.
Sanab o‘tilgan moddalar nafas olinganda aql-irodaga ta’sir etadi va
o‘zidan ketish holatini keltirib chiqaradi. Bunda bu holatga nafaqat turli
birikmalarni, atsetonni, benzinni, dvigateli ishlayotgan avtomobil gazini,
«Moment» yelimini, sanoatda ishlatiladigan turli suyuqliklarni va boshqa
kimyoviy birikmalarni nafas olish, balki dori vositalarini spirtli ichimliklar
bilan qabul qilish ham keltirib chiqaradi. Oxirgi holatda so‘z mastlik
holatini kuchaytirish uchun qabul qilinadigan aralashmalar to‘g‘risida
boradi, masalan, alkogol bilan dimedrol, barbiturat-alkogolli aralashma,
klofelin.
Ta’kidlash joizki, spirtli ichimliklarni ko‘p ichish alkogolizmga olib
kelishi singari giyohvand moddalar giyohvandlikka, mast qiladigan
moddalarni tez-tez ishlatish toksikomaniyaga olib keladi. O‘z-o‘zidan,
toksikomaniya o‘rganishni keltirib chiqaradigan narkotik modda
bo‘lmagan vostalarni ko‘p iste’mol qilish orqasidan kelib chiqadigan
kasallikni aks ettiradi.
Aybdor shaxs tomonidan o‘zida bo‘lmaslik holatida sodir etilgan
jinoyat fiziologik va giyohvandlik ta’sirida bo‘lgan shaxsdek
javobgarlikdan ozod etmaydi. Bundan tashqari, Jinoyat kodeksining 56-
moddasi 1-qismi «o» bandiga asosan, aql-irodaga ta’sir qiluvchi alkogolli
mastlik yoki giyohvand modda, ularning analoglari, psixotrop moddalar
ta’sirida jinoyat sodir etish jazoni og‘irlashtiruvchi holat hisoblanadi. Shu
bilan birga, sud amaliyotida sudning jinoyat xususiyatidan kelib chiqib,
og‘irlashtiruvchi holatlarni tan olmaslik huquqi ko‘pincha e’tiborga
olinmaydi.
1
Қаранг: Ўзбекистон Республикасининг 1999 йил 19 августдаги «Гиёҳвандлик воситалари ва психотроп
моддалар тўғрисида»ги 813–I-сон Қонуни, 3-модда // Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг
Ахборотномаси, 1999 й., 9-сон, 210-модда.
256
|