Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə182/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

Psixotrop moddalar – psixotrop moddalar ro‘yxatiga kiritilgan va 
O‘zbekiston Respublikasida nazoratga olinadigan, kelib chiqishi sintetik 
va tabiiy moddalar. 
Aql-irodaga ta’sir qiluvchi boshqa vositalarga giyohvandlik 
vositalari va psixotrop moddalarning analoglari taalluqli. 
Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning analoglari – 
kimyoviy tuzilishi va xossalariga ko‘ra giyohvandlik vositalari va 
255 


psixotrop moddalarga o‘xshash, ular singari ruhiyatga faol ta’sir etuvchi, 
kelib chiqishi sintetik va tabiiy moddalar
1

Tibbiy vositalar (dorilar)ga kirmaydigan aql-irodaga ta’sir qiluvchi 
moddalarning katta guruhini, xususan, aql-irodaga ta’sir qiluvchi xo‘jalik, 
uy-ro‘zg‘or uchun mo‘ljallangan vositalar, zaharli modda va turli xil 
laklar, bo‘yoqlar, yelimlar va shunga o‘xshash moddalar tashkil etadi. 
Sanab o‘tilgan moddalar nafas olinganda aql-irodaga ta’sir etadi va 
o‘zidan ketish holatini keltirib chiqaradi. Bunda bu holatga nafaqat turli 
birikmalarni, atsetonni, benzinni, dvigateli ishlayotgan avtomobil gazini, 
«Moment» yelimini, sanoatda ishlatiladigan turli suyuqliklarni va boshqa 
kimyoviy birikmalarni nafas olish, balki dori vositalarini spirtli ichimliklar 
bilan qabul qilish ham keltirib chiqaradi. Oxirgi holatda so‘z mastlik 
holatini kuchaytirish uchun qabul qilinadigan aralashmalar to‘g‘risida 
boradi, masalan, alkogol bilan dimedrol, barbiturat-alkogolli aralashma
klofelin. 
Ta’kidlash joizki, spirtli ichimliklarni ko‘p ichish alkogolizmga olib 
kelishi singari giyohvand moddalar giyohvandlikka, mast qiladigan 
moddalarni tez-tez ishlatish toksikomaniyaga olib keladi. O‘z-o‘zidan, 
toksikomaniya o‘rganishni keltirib chiqaradigan narkotik modda 
bo‘lmagan vostalarni ko‘p iste’mol qilish orqasidan kelib chiqadigan 
kasallikni aks ettiradi. 
Aybdor shaxs tomonidan o‘zida bo‘lmaslik holatida sodir etilgan 
jinoyat fiziologik va giyohvandlik ta’sirida bo‘lgan shaxsdek 
javobgarlikdan ozod etmaydi. Bundan tashqari, Jinoyat kodeksining 56-
moddasi 1-qismi «o» bandiga asosan, aql-irodaga ta’sir qiluvchi alkogolli 
mastlik yoki giyohvand modda, ularning analoglari, psixotrop moddalar 
ta’sirida jinoyat sodir etish jazoni og‘irlashtiruvchi holat hisoblanadi. Shu 
bilan birga, sud amaliyotida sudning jinoyat xususiyatidan kelib chiqib
og‘irlashtiruvchi holatlarni tan olmaslik huquqi ko‘pincha e’tiborga 
olinmaydi. 

Қаранг: Ўзбекистон Республикасининг 1999 йил 19 августдаги «Гиёҳвандлик воситалари ва психотроп 
моддалар тўғрисида»ги 813–I-сон Қонуни, 3-модда // Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг 
Ахборотномаси, 1999 й., 9-сон, 210-модда. 
256 



Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin